Indoneziyada norozilik namoyishlari boshlandi

Indoneziyada norozilik namoyishlari boshlandi

Indoneziya poytaxti Jakartada Markaziy Saylov komissiyasi prezident saylovi natijalarini e’lon qilgach, norozilik namoyishlari boshlandi, deya ma’lum qildi Darakchi.uz nashri.

Poytaxt ko‘chalarida polisiya hamda namoyishchilar o‘rtasida ro‘y bergan to‘qnashuv oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 200 dan ortiq kishi tan jarohati olgan.

Isyonlar chog‘ida deyarli 70 kishi qo‘lga olindi. Ular natijadan norozi ekanlarini shu yo‘l bilan namoyish etishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!