Ilk bor! Time eng nufuzli 100 ta kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi

Ilk bor! Time eng nufuzli 100 ta kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi

22 yil davomida dunyoning eng nufuzli insonlari ro‘yxatini tuzib kelayotgan Time jurnali birinchi marta eng nufuzli kompaniyalar ro‘yxatini ham tuzdi. Bu haqda jurnal sayti ma’lum qildi.

Ushbu ro‘yxatga zamonaviy dunyoga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgan kompaniyalar kiritildi. Jurnal ularni soha mutaxassislari va o‘z jurnalistlarining tavsiyalari asosida tanlab oldi, shundan so‘ng taklif qilingan kompaniyalarning har biri dolzarblik, innovasiya, muvaffaqiyat kabi muayyan parametrlar asosida baholandi.

Time yakuniy ro‘yxatni besh qismga ajratdi — «Boshlovchilar», «Etakchilar», «Innovatorlar», «Gigantlar», «Olg‘irlar». Ularning har biriga 16 tadan 22 tagacha kompaniya kiritilgan.

Xususan, ro‘yxatga qo‘shiqchi Riannaning Savage X Fenty nomli ichkiyimlar brendi, sun’iy go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Beyond Meat kompaniyasi, Strava sport ilovasi («Boshlovchilar»); Apple kompaniyasi, Maersk logistika kompaniyasi, Mattel bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchisi («Etakchilar»); Zoom videoqo‘ng‘iroqlar xizmati, TikTok ijtimoiy tarmog‘i, Moderna farmasevtika kompaniyasi («Innovatorlar»); Walmart do‘konlar tarmog‘i, Disney mediakorporasiyasi, Coinbase kriptovalyuta birjasi («Gigantlar»); Tesla elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, GoFundMe kraudfanding platformasi, Robinhood birja brokeri («Ilg‘orlar») kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!