Iflosliklarning onasi

A A A
Iflosliklarning onasi

Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Xamrdan chetda bo‘linglar! Chunki, u iflosliklarning onasidir. Sizlardan oldin o‘tganlardan bir kishi bor edi. Bir buzuq ayol unga ilashib qoldi. U uning oldiga o‘z xizmatchi qizini yuborib, guvohlikka o‘tishini so‘radi. Erkak u (qiz) bilan ketdi. (Uyga kirilgach) u qaysi bir eshikdan kirsa, qiz eshikni mahkam berkitib boraverdi.

Oxiri bir go‘zal ayol huzuriga yetib bordi. Uning oldida bir g‘ulom va bir idishda xamr turar edi. Ayol: «Allohga qasamki, men seni guvohlikka chaqirganim yo‘q. Ammo seni menga yaqinlik qilishing yoki manavi idishdagi xamrdan bir qadah ichishing yoki manavi g‘ulomni o‘ldirishing uchun chaqirdim», dedi. Erkak: «Menga manavi xamrdan bir qadah ichir», dedi. Ayol unga ichirdi.

Erkak: «Menga yana beringlar», dedi. O‘sha yerning o‘zida u (ayol)ga yaqinlik ham qildi, jonni ham o‘ldirdi. Demak, xamrdan uzoqda bo‘linglar! Allohga qasamki, albatta, u abadulabad iymon bilan jam bo‘la olmas. Agar ikkisi jamlanib qolsalar ham biri ikkinchisini chiqarib yuborur», dedi».

Boshqa bir rivoyatda: «Jannatga minnatchi ham, oq qilingan ham, xamrni surunkali ichuvchi ham kirmas», deyilgan (Ikkisini Nasoiy rivoyat qilgan).

Sharh: Hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan qilingan birinchi rivoyatda u kishi xamrdan ogohlantiruvchi ajoyib gaplariga o‘tgan ummatlarda bo‘lib o‘tgan ibratli bir qissani ham keltirmoqdalar.

«Xamr»dan chetda bo‘linglar! Chunki, u iflosliklarning onasidir». Ha, xamr bor joyda ifloslikning barcha turi ham bo‘ladi. Ona asl bo‘lib, undan hamma bolalar tug‘ilganidek, xamr ham iflosliklarning onasi bo‘lib, undan barcha iflosliklar kelib chiqadi. Bunga oddiygina bir misol keltirilsa, tushunish oson bo‘ladi.

«Sizlardan oldin o‘tganlardan bir kishi bor edi». U o‘z ibodati, taqvosi, harom-xarishdan uzoqligi bilan shuhrat topgan edi.

«Bir buzuq ayol unga ilashib qoldi». Odatda iflos xulqli ayollar halol-pok erkaklarni yo‘ldan urishni o‘ziga maqsad qilib olgan bo‘ladi. Chunki o‘zlariga o‘xshash iflos erkaklar ularga sherik bo‘lgani uchun e’tiborlarida bo‘lmaydi. Halol-pok, to‘g‘ri erkaklarni yo‘ldan urish uchun pastkash ayollar har xil hiyla-nayranglarni ishga soladilar.

«U uning oldiga o‘z xizmatchi qizini yuborib, guvohlikka o‘tishini so‘radi». Buzuq ayol taqvodor kishining oldiga o‘zi bormay, xizmatchi cho‘ri qizini yubordi va mazkur kishidan savobli bir ish qilishni, guvohlikka o‘tishni iltimos qildi. Uning bunday ish tutishidan nihoyatda pixini yorgan makkora ayol ekani ko‘rinib turibdi. Agar o‘zi haligi kishining oldiga borsa, yurish-turishi, gap-so‘zi va boshqa omillardan kimligi fosh bo‘lib, taqvodor erkak undan o‘zini olib qochishi mumkin. Cho‘ri qizni yuborganda esa ayolning kimligi sir qoladi. Buning ustiga, cho‘risi bor ayol obro‘-e’tiborli, sharafli va ko‘chaga chiqishni ep ko‘rmaydigan mastura ayol bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi odam. Guvohlikka o‘tishni so‘rash ham savob uchun har narsaga tayyor turgan taqvodor insonni ishontirishning oson yo‘li. Buzuq ayolning hiylasi ish berdi.

«Erkak u (qiz) bilan ketdi. (Uyga kirgach) u qaysi bir eshikdan kirsa, qiz eshikni mahkam berkitib boraverdi». Guvohlikka o‘tib savobli ish qilaman, degan umidda taqvodor erkak buzuq ayolning cho‘ri qiziga ergashib, uning uyi tomon yo‘l oldi. Uyga yetib borganlaridan keyin ichkariga kira boshladilar. Ichkarida xonalar, xonalarda eshiklar ko‘p ekan. Taqvodor erkak har bir eshikdan o‘tganidan so‘ng cho‘ri qiz haligi eshikni mahkamlab, qayta ochilmaydigan qilib berkitib bordi. U bu bilan o‘z oyimining amrini bajarar, taqvodor erkakni uydan qayta chiqib keta olmaslik chorasini ko‘rar edi.

«Oxiri bir go‘zal ayol huzuriga yetib bordi. Uning oldida bir g‘ulom va bir idishda xamr turar edi». Guvohlikka o‘tib savob kasb qilaman, degan niyatda cho‘ri qizga ergashib kelgan sodda taqvodor yurib-yurib, ketma-ket eshiklardan o‘tib-o‘tib, o‘ziga oro berib, ko‘rgan kishining ko‘zini qamashtiradigan suvratga kirib olgan go‘zal ayolning oldidan chiqdi. Ayol yolg‘iz o‘zi emasdi.

Uning yonida bir yosh qul-g‘ulom turardi. Nariroqda esa, bir idishda xamr ham qo‘yilgan edi. Taqvodor kishi hayron qolib turgan edi. Makkora ayol gapni cho‘zib, imo-ishorali so‘zlar tanlab o‘tirmasdan birdaniga asl maqsadini aytib qo‘yaqoldi. Ayol: «Allohga qasamki, men seni guvohlikka chaqirganim yo‘q. Ammo seni menga yaqinlik qilishing yoki manavi idishdagi xamrdan bir qadah ichishing yoxud manavi g‘ulomni o‘ldirishing uchun chaqirdim», dedi».

Buzuq ayol avval taqvodor kishiga uni aldagani haqida xabar berdi. «Allohga qasamki, men seni guvohlikka chaqirganim yo‘q», dedi. Unga o‘xshash ustasi faranglar kezi kelganda qasam ichishni ham joyiga qo‘yishadi. Shu bilan birga, yolg‘on to‘qiganini ham tan olishadi. Ushbu buzuq ayol ham shundoq qildi. Allohning nomi ila qasam ichib u kishini aldaganini yuziga ochiq aytdi.

So‘ngra asosiy maqsadga o‘tdi: «Ammo men seni menga yaqinlik qilishing yoki manavi idishdagi xamrdan bir qadah ichishing yoki manavi g‘ulomni o‘ldirishing uchun chaqirdim», dedi».

Makkora ayol ushbu gunohlarni taqvodor kishiga taqdim qilishda ham o‘ta nozik joylarigacha hisobga olib, ustalik bilan gapirdi. Birinchi o‘ringa o‘zining asosiy maqsadini, ya’ni shahvatini qondirish ishini qo‘ydi. Mabodo “xo‘p” deb qolsa, hech qanday ovoragarchiliksiz maqsad hosil bo‘ladi, deb o‘yladi. Ikkinchi o‘ringa bir qadah xamr ichishni qo‘ydi. U idishdagi hamma xamrni ichasan, demadi. Unda taqvodor kishi mast bo‘lib qolib, boshqa ishlarni ham qilib qo‘yishdan qo‘rqib, aynib qolishi mumkin. Faqatgina bir qadah ichasan deyilganda esa, erkak nazar-pisand qilmasligi mumkin. Uchinchi o‘ringa og‘ir ishni, g‘ulomni o‘ldirishni qo‘ydi.

Bu taklif taqvodor kishini qiyin holga qo‘ydi. Ushbu uch ishdan birini qilishga majbursan, boshqa ilojing yo‘q, degandek qildi. Taqvodor kishi o‘ylanib qoldi. Qochib ketay desa, barcha eshiklar mahkam berkitilganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib keldi. Qochishning umuman iloji yo‘q. Qarshilik ko‘rsatish imkoni ham yo‘q. Birovning uyida xilvat joyda, uy egasining qul va cho‘rilari orasida turibdi. Zino qilay desa, katta gunoh qilgan bo‘ladi. G‘ulomni o‘ldiray desa, begunoh bir jonni behudadan-behudaga o‘ldirish hech mumkin emas. Osoni, birovga zarar yetmaydigani – bir qadah xamrni ichish. Majburlikdan bir qadah xamrni ichsa, ichibdi-da. Keyin, tavba qilsa, kechirilib ketar. Ushbu fikrlarni xayolidan o‘tkazib bo‘lib: «Menga manavi xamrdan bir qadah ichir», dedi».

U o‘zicha masalani hal qilishning eng to‘g‘ri yo‘lini topgandek bo‘ldi. Bir qadah xamrni ichadi-da, qutiladi. Ayol xuddi mana shu gapni kutib turgan edi. «Ayol unga ichirdi». O‘zi aytganidek, bir qadahgina xamr ichirdi. O‘sha ichilgan bir qadah xamr erkakning ichiga kirgandan keyin unga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Bir qadah ichganidan keyin yana ichgisi kelib qoldi. Erkak: «Menga yana  beringlar», dedi».

Endi buzuq ayolning o‘ziga emas, o‘sha yerda turganlarning hammasiga xitob qila boshladi. Xamrdan ko‘proq ichish payiga tushib qoldi. U xamrni icha-icha o‘zini bilmaydigan darajada mast bo‘lib qoldi. «O‘sha yerning o‘zida u(ayol)ga yaqinlik ham qildi, jonni ham o‘ldirdi».

Mastlikda bilmay mazkura buzuq ayol bilan zino ham qildi. Haddidan oshib, mastlikda quturib ketib g‘ulomni ham o‘ldirdi. Iflosliklarning onasi bo‘lmish xamrga yaqin bo‘lgani uchun iflosliklarning hammasini qildi. Ha, azizlar, «Demak, xamrdan uzoqda bo‘linglar!» Kim unga yaqinlashsa iflosliklarning onasiga, koniga, uyasiga yaqinlashgan bo‘ladi. Natijada ko‘p narsalardan, hattoki, inson uchun eng aziz narsa bo‘lgan iymondan ham ajrab qolishi mumkin.

«Allohga qasamki, albatta, u abadulabad iymon bilan jam bo‘la olmas». Xamr bor joyda iymon bo‘lmas, iymon bor joyda xamr bo‘lmas. Bu ikki narsa bir-biriga mutlaqo zid narsalardir.

«Agar ikkisi jamlanib qolsa ham biri ikkinchisini chiqarib yuborur». Shuning uchun ham Ahli sunna val jamoa aqidaviy mazhabida xamr ichuvchi xamr ichganida iymoni tashqariga chiqib turadi, deyiladi.

Xamrning yomonligi haqida bundan ortiq, bundan ta’sirli ogohlantirish bo‘lmasa kerak. Alloh taolo xamrga mubtalo bo‘lgan bandalarga insof bersin, ularni iflosliklarning onasi changalidan qutqarishga O‘zi yordam bersin.

Endi ijozatingiz ila ikkinchi rivoyat haqida ham ikki og‘iz sharh so‘zlari gapirib o‘taylik. Unda «Jannatga minnatchi ham, oq qilingan ham, xamrni surunkali ichuvchi ham kirmas», deyilgan».

Ushbu rivoyatda jannatga kirmaydiganlar, ya’ni, do‘zaxga kiradiganlardan uch toifasi haqida so‘z ketmoqda.

1. Minnatchi. O‘zining qilgan yaxshiliklarini minnat qiladigan kishilar Qur’oni karimda ham, Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlarida ham ko‘pdan-ko‘p tanqidlarga uchraganlar, ularga turli alamli azoblar va’da qilingan. Bu hadisi sharifda esa ular jannatga kirmasliklari ta’kidlanmoqda. Alloh taolo: «Sadaqalaringizni minnat va ozor ila botil qilmang», degan. Minnat qilish haromdir. Faqat ota o‘z bolasiga, ustoz o‘z shogirdiga va er o‘z xotiniga minnat qilsa, ularning haqlari ulug‘ligidan joiz hisoblanadi.

2. Oq qilingan. Ota-onasiga oq bo‘lish qanchalik og‘ir gunoh ekanini gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Oq bo‘lish tufayli jannatga kirish mumkin bo‘lmay qolishining o‘zi bu ishning nima ekanini ochiq ko‘rsatib turibdi.

3. Xamrni surunkali ichuvchi. Demak, xamrni surunkali ichish ham minnatchi va ota-onasiga oq bo‘lganning gunohi bilan barobar ekan. Shuning uchun ham ularga qo‘shilib do‘zaxga kirar ekan. Alloh taolo bunday dahshatli oqibatdan O‘zi asrasin.

Hadis va Hayot”, 16-17-juzlar


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Chimkentda kollejlar asoschisi qamoqda o‘tirib 2,8 million dollar o‘g‘irladi

Бу ҳақда Қозоғистон оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

«Manchester Siti»ning yetakchi markaziy himoyachisining kelajagi ma’lum

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Рубен Диаш «Интер»га ўтмайди. Бу ҳақда журналист Фабрицио Романо хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Унинг сўзларига кўра, Украина махсус хизматлари пойтахт ва мамлакатнинг бошқа шаҳарларидаги бўлажак ҳужумлар нишонлари батафсил кўрсатилган Россия ҳужжатларига эга.

“Uyma-uy ovqat qidiryapmiz”: bosib olingan Oleshkida gumanitar inqiroz kuchaymoqda

Херсон вилоятининг Россия назоратидаги Олешки шаҳри аҳолиси озиқ-овқат, дори-дармон ва коммунал хизматлар танқислиги сабаб оғир шароитда яшамоқда.

Durov Dubaydagi Eron hujumlarini “mushakbozlik” deb atadi

Павел Дуров Дубайга қилинган Эрон ҳужумлари вақтида БАА ҳаво мудофаа тизими “аъло даражада ишлаганини” айтди.

Insoniyat yirik iqlim falokati xavfi ostida

The Washington Post'нинг эслатишича, бундан қарийб 150 йил муқаддам иқлим ўзгаришлари ҳосилни йўқ қилган.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.