Husiylar faqat Isroilga tegishli kemalarga tahdid qilishmoqda

Husiylar faqat Isroilga tegishli kemalarga tahdid qilishmoqda

Yamanning "Ansor Alloh" harakatining operasiyalari faqat Isroil yoki uning kompaniyalariga tegishli kemalar uchun xavf tug‘diradi. Bu haqda hutiy qurolli kuchlari vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.

"Bizning operasiyalarimiz faqat Isroil dushman kemalari va Isroilga tegishli kemalarga tahdid soladi" - dedi u.

Sariya, shuningdek, "fuqarolari Qizil dengizda ishlaydigan barcha mamlakatlarni Isroil kemalari yoki Isroilga tegishli kemalar bilan bog‘liq har qanday ish yoki faoliyatdan voz kechishga" chaqirdi.

Shuningdek, u "Ansor Alloh" harakati dengizda navigasiya erkinligini xavf ostiga qo‘yayotgani haqidagi ayblovlarni ham rad etdi.

19 noyabr kuni Yamanning hutiy isyonchilari Adan ko‘rfazida Isroilning Galaxy Leader yuk kemasini egallab oldi. Bir muncha vaqt o‘tgach, isyonchilar Isroil bayrog‘i ko‘tarilgan barcha tinch kemalarga hujum qilishlari bilan tahdid qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!