"Hizbulloh" Erondan oldin Isroilga zarba berishi mumkin

"Hizbulloh" Erondan oldin Isroilga zarba berishi mumkin

Livanning Hizbulloh harakati Eronning niyatidan qat’i nazar, yaqin kunlarda Isroilga zarba berishi mumkin.

Bu haqda CNN telekompaniyasi razvedka ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan manbalarga tayangan holda bayonot berdi.

Ularning fikricha, Hizbulloh Isroilga hujum tayyorlashda Eronga qaraganda ancha ilgarilab ketgan, shuning uchun yaqin kunlarda hujum qila oladi. O‘z navbatida Islom Respublikasi hamon javob choralarini ishlab chiqmoqda va ular Eronning keng ko‘lamli hujumi haqidagi AQSh kutganlarini hali qondirmayapti.

Manbalar, shuningdek, CNN telekanaliga, Erondan farqli o‘laroq, harakat Isroil bilan chegaradosh bo‘lgani uchun ogohlantirishsiz zarba berishi mumkinligini aytdi. Ularga ko‘ra, “Hizbulloh” va Eron o‘z harakatlarini qanday muvofiqlashtirgani hozircha ma’lum emas, biroq amerikalik rasmiylarning fikricha, ular keyingi qadamlar bo‘yicha hali kelishuvga erishmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!