Hindistonning Falastinga nisbatan pozisiyasi o‘zgarmagan

Hindistonning Falastinga nisbatan pozisiyasi o‘zgarmagan

“Hindiston vaqti” (Hindustan times) nashri keltirishicha, tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye bilan telefon orqali muloqot qilib, Nyu-Dehlining Falastin davlatiga nisbatan pozisiyasi o‘zgarmaganini tasdiqladi.

– Men Hindistonning Falastin bo‘yicha uzoq yillik pozisiyasini yana bir bor ta’kidladim, biz aloqani davom ettirishga kelishib oldik, - dedi vazir.

Respublika TIV rasmiy vakili Arindam Bagchi avvalroq brifingda aytib o‘tganidek, Hindiston har doim “xavfsiz va tan olingan chegara ichida mustaqil va yashovchan Falastin davlati”ni barpo etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokarani qayta boshlash tarafdori bo‘lib kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!