Hindistonda yangi Nipah virusi avj oldi. Yurtdoshlarimiz ogohlantirildi

Hindistonda yangi Nipah virusi avj oldi. Yurtdoshlarimiz ogohlantirildi

Hindistonda yangi Nipah virusi avj oldi. O‘zbekiston sanitariya epidemiologiya qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda Hindistonning Kerala shtatida mazkur virusdan ikki kishi vafot etgani haqidagi xabarlarga izoh berdi:

‼️ Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonning Kerala shtatida Nipah virusi avj olayotgani haqidagi ma’lumotini taqdim etdi. Joriy yilning 22 sentyabr holatiga ko‘ra, Nipah infeksiyasi bo‘yicha oltita holat tasdiqlangan bo‘lib, ikkita o‘lim holati yuz berdi.

Nipah virusi – bosh miya yallig‘lanishi yoki nafas yo‘llari kasalliklari bilan kechadigan jiddiy kasallikni keltirib chiqaradigan virus turi hisoblanadi.

‼️ Savdo-sotiq ishlari bo‘yicha boruvchi tadbirkorlar yoki sayohat uchun Hindistonga borishga chog‘langan yurtdoshlarimizga mazkur virusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhimligini eslatib o‘tamiz:

🔹 Avvalo shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya eting;
🔹 mevalarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuving;
🔹 yangi siqilgan xurmo sharbatini qaynatib iching;
🔹 asosiysi ko‘rshapalaklar tirnashi yoki tishlashi natijasida teshilgan mevalarni iste’mol qilmang.

Har qanday kasallikning oldini olishda belgilangan qoida va tavsiyalarga amal qilish muhim hisoblanishini unutmang.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!