Rossiya qurollarining eng yirik xaridori Hindiston Moskvaning Project 677 Lada suv osti kemalarining eksport versiyasi bo‘lgan Amur-1650 platformasi asosida suv osti kemalarini qurish taklifini rad etdi.
"The Moscow Times" gazetasining yozishicha, "Rosoboroneksport" vakillari hindistonlik hamkasblariga ishlab chiqarishning 80 foizini Hindiston zavodlarida mahalliylashtirishga va’da berishgan va ikki davlatning "strategik sherikligi"ga murojaat qilgan bo‘lsalar-da, Nyu-Dehlidagi harbiylar o‘z flotini modernizasiya qilish bo‘yicha Germaniya bilan shartnoma tuzishni afzal ko‘rgan. Shunday qilib, Hindiston Germaniyaning Thyssenkrupp konserni tomonidan ishlab chiqarilgan 6 ta suv osti kemasini sotib olishni kutmoqda, ular Hindistonning Mazagon Dock kompaniyasi bilan loyihani amalga oshirish uchun qo‘shma korxona yaratadi.
Bitimning umumiy qiymati 5,2 milliard dollarga baholanmoqda, uning dastlabki tasdiqlanishi 7-iyun, chorshanba kuni Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Nyu-Dehliga ikki kunlik tashrif bilan kelganida kutilmoqda.
"Bu nafaqat Germaniya sanoati, balki Hindiston va Hindiston-Germaniya strategik sherikligi uchun ham katta va muhim shartnoma bo‘ladi", dedi Pistorius bo‘lajak safarni sharhlar ekan.
Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Instituti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida Rossiyaning Hindistonga qurol yetkazib berish hajmi 37 foizga kamaydi, bu davrda “Rosoboroneksport” AQSh sanksiyalari ostida edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.