O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi arxiv fondida diniy ilmiy ekspertizadan o‘tgan, turli talqinga o‘rin bermaydigan darajada ishonchli ma’lumotlarga asoslangan diniy-tasavvufiy, ilmiy-ma’rifiy, islomshunoslik va tarix, ajdodlar merosi kabi turkum teledasturlar, allomalar haqida hujjatli filmlar, ulamo va imom-xatiblarimizning ma’rifiy suhbatlari, shuningdek, hadisu rivoyatlar asosida tayyorlangan maxsus filmlar, telenovella va ijtimoiy teleroliklarning son jihatdan salmoqli bazasi mavjud.
Shulardan kelib chiqqan holda, MTRK OTT platformasida (Over the Top) yoshlarning madaniy-ma’rifiy, diniy bilimlarini oshirish maqsadida «Hidoyat sari» Ilmiy-ma’rifiy onlayn telekanali tashkil etildi.
Tunu kun ishlaydigan "Hidoyat sari" ilmiy-ma’rifiy onlayn telekanalida O‘zbekiston MTRK tizimida ishlab chiqilgan va o‘rnatilgan tartibda tegishli ilmiy, diniy ekspertizalardan o‘tkazilgan, efirga uzatilgan va bugungi kunda MTRK Arxiv Fondida saqlaniyotgan quyidagi telemahsulotlar o‘rin oladi:
mamlakatimizda islom madaniyati, ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz merosini, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni obod etish, muqaddas dinimiz musaffoligini asrash, aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarimizga hurmat hamda turli millat va e’tiqod vakillariga nisbatan bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng targ‘ib etilgan teledasturlar;
xalqimizning diniy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va bunyodkorlik ishlari bilan aholini yaqindan tanishtirib borish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chuqur falsafiy va ibratga yo‘g‘rilgan ilmiy-ommabop va badiiy ko‘rsatuvlar;
️bugungi globallashuv davrida insoniyat hayotiga xavf solayotgan muammolar hamda oilaviy, odob-axloq va yosh avlod tarbiyasining dolzarb masalalar yuzasidan din sohasi vakillari, mutaxassis va olimlari bilan bahs-munozara va muloqotlar, davra suhbatlari;
️aholi, xususan yoshlarni g‘arazli kuchlar va oqimlarning ta’siridan asrash, terrorizm va ekstremizm g‘oyalarining asl maqsadlarini fosh etish, har xil oqimlardan, shu jumladan, «ommaviy madaniyat»ning zararli illatlaridan himoya etishga yo‘naltirilgan maxsus ko‘rsatuv va roliklar.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Россия иккиламчи бозорида Ўзбекистонда йиғилган Chevrolet Cobalt (ушбу модел Ravon R4 номи остида сотилмоқда) машинасининг ишончлисини топиш мумкин, деди «За Рулём» журналининг автоэксперти Сергей Зиновьев.
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган, ўзини гўёки дефектолог-психолог деб атаган Д.Ж дудуқланган болаларни сўкиниш ва қўрқитиш усулида даволашга урингани акс этган видеохабар бўйича Болалар омбудсмани 2024 йилнинг якуни ва 2025 йил январ ойида ўрганиш олиб борган ва бу ҳақда жамоатчиликка маълумот берган.
Ўзбекистон Республикаси Экология вазирлиги ва унинг ҳузуридаги Давлат экологик экспертиза маркази, шунингдек, оммавий ахборот воситалари вакиллари учун Озарбайжонга пресс-тур ташкил этилди. Пресс-тур давомида журналистлар “Sea Breeze” компаниясининг Боку шаҳридаги фаолияти билан яқиндан танишдилар ва унинг халқаро экологик стандартларга қай даражада мос келиши ўрганилди.
Бюджетдан ташқари пенсия жамғармасининг Оҳангарон туман бўлими бошлиғи маҳаллий фуқаронинг йўқолган меҳнат дафтарчасини тиклаб, уни ёшга доир пенсияга чиқариб бериш эвазига 1500 АҚШ долларини пора сифатида олган вақтида унинг ноқонуний ҳаракатларига чек қўйилди.
2025 йил 14 июль куни Исроил армияси Ғазо секторидаги бир нечта ҳудудларга кенг кўламли ҳаво ва артиллерия зарбаларини амалга оширди. Маҳаллий тиббий манбалар ва гувоҳларга кўра, ушбу ҳужумлар натижасида камида 11 фаластинлик ҳалок бўлган, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланган.