Xabar berib borayotganimizdek, Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan huquqiy jihatdan ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun galdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Yunusobod tumanidagi “1-Otchopar” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tgan sayyor qabulda Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov va Toshkent shahar sudi rais o‘rinbosarlari Akbarali Turabov va Maqsudbek Saidov, Toshkent shahar sudi sudyasi Anvar Yoriyev, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi raisi Rustam Tangabayev, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi raisi Murodjon Mirzajonov hamda rais o‘rinbosari Fotima Ismailova, shuningdek sudyalar fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishdi.
Sayyor qabulda jami 50 nafar fuqarolar qabul qilindi. Qabul qilingan fuqarolarning 24 nafari jinoyat ishlari bo‘yicha, 21 nafari fuqarolik ishlari bo‘yicha, 2 nafari iqtisodiy ishlar bo‘yicha va 3 nafari ma’muriy sudlarga oid murojaatlarni tashkil etadi. Shundan 36 nafar fuqaroning og‘zaki murojaati, 14 nafar fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi. Jami 50 ta murojaatlardan 36 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 14 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan 12 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi.
Toshkent shahar sudi matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan o‘tkaziladigan galdagi sayyor qabul esa 7 oktyabrda Mirzo Ulug‘bek tuman fuqarolari uchun bo‘ladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Бугун жиноят ишлари бўйича Миробод туман суди томонидан А. Воитов (Қишлоқ хўжалиги вазири лавозимида ишлаган) ва бошқаларга (жами 62 киши) оид жиноят ишини биринчи инстанцияда кўриб чиқиш бўйича суд жараёни тугаб, суд ҳукми эълон қилинди.
Маълум бўлишича, 2025 йил август ойида "Chevrolet Tahoe 2025 High Country" модели тақдим этилган; у 1,46 миллиард сўмдан бошланадиган нархда 11 сентябрдан сотувга чиқади.
Қоҳирадаги Миср миллий музейининг реставрация бўлимида фиръавн Аменемопетга тегишли бўлган билагузук йўқолди. Бу ҳақда Миср қадимий ёдгорликлар вазирлигига асосланиб CBS News хабар берди.
Терговга қадар текширув давомида, ушбу ноқонуний ишга алоқадор бўлган учинчи шахснинг яшаш хонадонидан эса 110 гр. “опий” моддаси, 2 та электрон тарози, 1200 АҚШ доллари ҳамда 28 млн. сўм процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.
Ҳозирда унга нисбатан Жиноят кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ҳамда 28, 211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилди. Суд томонидан “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланди
Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Fox News телеканалига берган интервьюсида маълум қилди. У шунингдек, Исроилнинг Қатарга ҳаво ҳужуми ва Ғарбий соҳилни аннексия қилиш режалари ҳақида ҳам тўхталиб ўтди.
Исроил ҳарбийлари Ливан жанубидаги Набатия шаҳрига ҳаво зарбасини амалга оширди. Ҳужум оқибатида саккиз нафар тинч аҳоли ҳалок бўлди, улар орасида тўрт нафар бола ва уч аёл бор.