Havoni ifloslantiruvchi mayda dispersli zarralar ta’siri natijasida har yili 7 mln kishi halok bo‘ladi

Havoni ifloslantiruvchi mayda dispersli zarralar ta’siri natijasida har yili 7 mln kishi halok bo‘ladi

Dunyo aholisining qariyb 91 foizi havo sifati JST tavsiya qilgan chegaralardan past bo‘lgan joylarda yashaydi. Havoni ifloslantiruvchi mayda dispersli zarralar ta’siri natijasida har yili 7 mln kishi halok bo‘ladi.

✅So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati atrof-muhitni muhofaza qilish, jumladan, atmosfera havosi sifatini yaxshilash muammosiga e’tiborni kuchaytirdi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ifloslantirishda aybdor bo‘lganlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

🗓 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutaxassislarining fikricha, quyidagilar Toshkent shahrida havo ifloslanishining asosiy omillari hisoblanadi: daraxtning noqonuniy kesilishi; shaharsozlik bosh rejalarini tasdiqlamay turib qurilish ishlarini olib borish; transport vositalari tomonidan atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar hajmining ortishi;
iqtisodiyot tarmoqlari va aholi uchun uglevodorodlardan foydalanish hajmining o‘sishi; mavjud issiqlik markazlari tomonidan mazutdan qo‘shimcha yonilg‘i sifatida foydalanish.

〰️AI-80 benzini ekologik jihatdan zararli bo‘lib, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar undan bir necha yil avval voz kechgan. Zararli benzin nafaqat tabiatga zarar yetkazadi, balki avtomobillarning texnik holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!