Hatto Chingizxon ham vayron qila olmagan Minorai Kalon

Hatto Chingizxon ham vayron qila olmagan Minorai Kalon

Afsonalarga ko‘ra, 1220 yil mo‘g‘ul qo‘shinlari Buxoroi sharifga yopirilib kiradi. Hukmdorning buyrug‘i bilan shaharni bir boshdan vayron eta boshlaydilar. Shu paytda, Chingizxon Minorani ko‘zdan kechirish maqsadida, uning eng yuksak nuqtasiga qaraganida, bosh kiyimi uchib ketadi va yerga tushadi.

Uni olish uchun yerga egilganida, shunday fikr keladi: “Minora ilohiy ekan, ta’zim bajo keltirmaganim uchun menga g‘azab qildi. Men hech kimsa va hech nima oldida tiz cho‘kmaganman, bu inshoot esa hayotimdagi ilk istisno bo‘ldi”.
Shundan so‘ng, Chingizxon bu muqaddas dargohni buzdirmaydi va minoraning sharofati bilan shaharning markaziy, janubiy va g‘arbiy qismlari omon qoladi.

Buxoro shahrining ramzi hisoblanadigan “Minorai Kalon”, 1127-yilda Qoraxon hukmdori Arslan Xon buyrug‘i ostida, Baqo ismli me’mor tomonidan qurilgan. Me’moriy xususiyatlari jihatidan O‘zbekistonga xos bo‘lgan va balandligi 48 metrga yaqin, 105 pog‘onali bu minora, 16 rovoqlardan iborat. Har bir rovoq turli naqsh va shakllarga ega.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!