Hasanboy Do‘stmatov: «Tokio Olimpiadasidan keyin professional boksga o‘tmoqchiman»

Hasanboy Do‘stmatov: «Tokio Olimpiadasidan keyin professional boksga o‘tmoqchiman»

Boks bo‘yicha yozgi olimpiada o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘stmatov 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlaridan keyin professional boksga o‘tishi haqida Daryo ga ma’lum qildi.

2016 yilgi Olimpiada chempioni Do‘stmatovning aytishicha, professional boksga o‘tishi uchun ko‘p takliflar tushmoqda. Lekin u oldinda yozgi olimpiada o‘yinlari borligi uchun hozircha professional boksga o‘tish niyatida emas.

Ilgari -49 kilogramm vaznda jang qilgan bokschi -52 kilogrmm vazn toifasiga o‘tganini AIBA tomonidan vazn toifalariga kiritilgan o‘zgartirish hamda so‘nggi paytlarda 7-8 kilogramm vazn tashlash qiyin kechayotgani va bu unga final bahslarida qiyinchilik tug‘dirayotgani bilan izohladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan Shahobiddin Zoirov, Shahram G‘iyosov professional boksga o‘tgandi. Yana bir olimpiada chempioni Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zini professional boksda sinab ko‘rish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Avvalroq joriy yilning 17 27 aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ayollar va erkaklar o‘rtasida 10 ta vazn toifasi bo‘yicha medallar uchun kurash olib borishi haqida xabar berilgandi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!