Hasad halok qilguvchi bemorlik

A A A
Hasad halok qilguvchi bemorlik

Bismillahir rohmanir rohiym

Abu Hurayra roziyallohu taolo anhudan. Albatta nabiy sallollohu alayhi vasallam: Sizlar hasaddan saqlaning, chunki olov yog‘ochni (yoki o‘t o‘lanni) yegani kabi hasad ham yaxshiliklarni yeydi, dedilar. (Abu Dovud Odob kitobi hasad bobi. 4903-hadis)

Hasad botiniy bemorlik

Alloh taolo bizning zohiriy amallarimizdan ba’zilarini bizlarga qilishlik farz yoki vojib va ba’zilarini esa qilishlik gunoh deb hukm chiqargani kabi, botiniy amallarimizdan ko‘p amallarni farz, gunoh va qilishlik harom deb hukm qilgan. Zohiriy katta gunohlardan saqlanish qanchalik zarur bo‘lsa, botiniy gunohlardan ham saqlanmoq shunchalik lozimdir. Ushbu hadisda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bizga, olov quriq yog‘och yoki quriq o‘t-o‘langa tegishi bilan uni kulga aylantirgani kabi, xuddi shunday hasad degan illat ham biror kishiga tegishi bilan, uning yaxshiliklarini yeb bitiradi , demoqdalar.

Hasad o‘ti yondiradi

Bir katta olov bo‘ladi, u qandaydir daqiqalarda hamma narsani yondirib bitiradi va bir yengil yonadigan olov bo‘ladi, u biror narsaga tegsa, uni bir onda yondirib yubormaydi, balki asta-asta, ohistalik bilan uni yeb bitiradi va tekkan narsasini kulga aylantiradi. Hasad ham, xuddi shunday tekkan narsasini asta-asta yoqib bitiruvchi olov va bemorlikdir. Hasad deb nomlangan xastalik inson hali uni anglab yetmasidan, uni yaxshiliklarini yo‘qqa chiqargani sabab, nabiy sallollohu alayhi vasallam hasaddan saqlanishni alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Hasaddan saqlanish farzdir

Lekin biz hayot tarzimiz va arofimizga ko‘z yugirtirsak, hasad degan kasallik kundalik hayotimizda tarqalib ketgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu kasallikdan saqlanib pok qolgan Alloh taoloni bandalari oramizda nihoyatda oz miqdorni tashkil qiladilar. Hasadning biror darajasi agar inson dilidan o‘tishi bilan, undan saqlanishlik farz bo‘ladi. Va hasaddan tiyilmagan holda to‘g‘ri va pokiza hayot kechirib bo‘lmaydi. Hasad aslida ahamiyat berishligimiz lozim bo‘lgan narsa bo‘lsa ham va ushbu bemorlik bilan xastalangan bo‘lsakda, parvoyi-falak bo‘lgan holda hech narsaga e’tibor ham bermaymiz.. Endi, hasadni halokatli xastalik ekanligini tan olganimizdan so‘ng, uni oldini olish, qisqacha qilib aytganda ushbu kasalllikdan forig‘ bo‘lishimiz uchun, to‘rt narsani yaxshi tushinib olishimiz kerak bo‘ladi.

Birinchi: Hasadni haqiqati nima?

Ikkinchi: Uni qanday qismlari bor?

Uchinchi: Uni kelib chiqish sabablari qanday?

To‘rtinchi: Unga qarshi qanday muolaja qilish kerak?

Ushbu to‘rt narsa kitobimizni asosiy mavzusidir. Alloh taolo bu kitobni yozishligimiz bilan ushbu ishimizni bizning dilimizdan, bu yomon xastalikni ketgazuvchi vosita qilsin. Amin.

Hasadning haqiqati

Biror kishiga xoh dunyoviy yoki diniy ne’mat yetsa, endi bir shaxs ushbu ne’matlarni ko‘rib dilida unga nisbatan ko‘rolmaslik yoki achinish paydo bo‘lsaki, bu ne’mat nega unga berildi, koshki bu narsa undan tortib olinsa yaxshi bo‘lardi , degan o‘yga borsa, shuni hasadning haqiqati, deyiladi.

Masalan: Alloh taolo biror bandasiga molu, davlat bersa yoki kimgadir salomatlik, shuhrat, izzat, yoki ilm bersa, endi boshqa bir bandaning dilida unga nisbatan, bu ne’mat nega unga berildi, undan bu ne’matni tortib olinsa yaxshi bo‘lardi , degan hayol paydo bo‘lsa va uning boshiga biror kulfat kelishligi bilan xursand va u kishi taraqqiy topishligi bilan uning dilida, nega rivojlanadi, degan ranj va afsus paydo bo‘lsa, buning nomi hasaddur.

Endi hasadning ushbu haqiqatini oldimizga qo‘yib mulohaza qilsak, hasadgo‘y haqiqatdan ham Alloh taoloning bitib qo‘ygan taqdiri va hukmiga, bu ne’mat nega unga beriladi? Nega menga berilmadi? deb mutloq qodir va ehson, ne’matlarni berguvchi zotga, e’tiroz qilayotgani ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga kishida, bu ne’mat undan qay yo‘l bilan tortib olinar ekan, degan xohish ham paydo bo‘ladi. Shuning uchun hasadning xafv-xatari benihoya ko‘pdur.

Rashk qilmoq joiz

Shu o‘rinda bir gapni yaxshi tushunib olmoq kerak bo‘ladi: Ba’zida boshqa biror kishiga ne’mat yetishligi bilan dilimizda menga ham shunday ne’mat yetsa bo‘lardi, degan tuyg‘u o‘tsa, bu hasad emas, balki rashk dir. Arab tilida buni g‘obato , ya’ni havas qilmoq, deyiladi va ba’zi o‘rinlarda hasad lafziga ham ishlatiladi, lekin haqiqatda bu hasad emas. Masalan: biror kishi yaxshi hovli-joyga ega bo‘lsa, kishi chin-dildan, nihoyat yaxshi joy bo‘libdi, qani endi shu kishi kabi menga ham rohat makon joy nasib qilsa yoki u yetgan mansabga men ham yetsam , desa yoki Alloh unga qanday yaxshi ilm bergan bo‘lsa menga ham shunday ne’mat nasib qilsin, deyishligi, hasad emas, balki rashkdir va bunday tuyg‘u bilan kishi gunohkor ham bo‘lmaydi. Lekin undagi ne’matni zoil bo‘lishi va undan tortib olinish xohishi kishi dilida paydo bo‘lsa, hasad bo‘ladi.

Hasadning uch bosqichi

Hasadning uch bosqichi bo‘ladi. Birinchi bosqich: Men ham xuddi shunday ne’matga erishay, agar unda bo‘la turib menga ham berilsa qanday yaxshi, yo‘qsa undan tortib olinib menga berilganda edi , demoq, bu hasadning birinchi bosqichidir. Ikkinchi bosqich; birovga berilgan ne’mat, undan tortib olinib menga berilganda edi , deyish bilan birinchi qadamdayoq undan tortib olinish xohishi va ikkinchi qadamda esa menga berilganda edi , degan xohish bo‘lsa, bu hasadning ikkinchi bosqichidir. Uchinchi bosqich: Kishi dilida, bu ne’matni undan qaysi yo‘l bilan ham tortib olinib undan mahrum qilinsa, keyin bu ne’mat menga nasib qiladimi yo‘qmi baribir , deyishlik, eng razil, pas va palit bosqichdir. Alloh taolo hammamizni bundan saqlasin. Amin.

Eng birinchi hasadgo‘y

Eng birinchi hasadgo‘y bu iblis alayhi la’nadir. Alloh taolo odam alayhissalomni yaratib; men unga yerda xalifalik berib, yerdagi xalifam qilaman, deb e’lon qildi va Odam alayhissalomga bu maqomni bergandan so‘ng, farishtalarga qarata, unga sajda qiling, deb hukm qildi. Ushbu hukmni iblis eshitgach; unga shunday martaba yetibdi, nega menga yetmaydi, deb ichidan kuydi va buni natijasida odamga sajda qilishni rad qildi va Alloh taoloni la’natiga duchor bo‘di. Shunday qilib eng birinchi hasadgo‘y va hammadan avval kibr qilgan ham shayton alayhi la’na bo‘ladi.

Hasadddan kelib chiqadigan natija

Hasaddan kelib chiqadigan natija shuki, hasad qilinayotgan kishiga biror ranj yoki g‘am yetishligi bilan hasadgo‘y xursand va shod bo‘ladi. Agar taraqqiy topsa yoki unga biror ne’mat yetsa, bundan hasad qiluvchiga ranj yetadi. Boshqalarga yetgan kulfatdan xursand bo‘lishni arab tilida shamatatun ya’ni ichiqoralik deyiladi, bu ham hasadning bir qismidir. Qur’oni karim va hadisda bir necha o‘rinlarda buni mazammat qilingan. Masalan: Yoki Alloh odamlarga o‘z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi ? ( Niso surasi 54-oyat)

Hasadning ikki sababi

Ushbu hasad degan bemorlikning sababi nima? Va bu bemorlik nega dilda paydo bo‘ladi? Buning ikki sababi bor. Birinchi sabab, dunyoda molu davlatga bo‘lgan muhabbat va mansabga bo‘lgan muhabbatdir. Negaki inson hamisha martabasi baland va oliy bo‘lishini xohlaydi va boshqani undan o‘tib ketishligi bilan uni ag‘darishni o‘ylay boshlaydi.Ikkinchi sabab, bug‘z va gina masalan, kishi dilida bug‘z va gina paydo bo‘lsa, buni natijasida, unga rohat yetishligi bilan kishiga kulfat va xursand bo‘lishligidan esa hasadgo‘yga g‘am yetadi. Endi qachonki kishi dilida ushbu ikki ish paydo bo‘lsa, buni oqibatida albatta hasad paydo bo‘ladi.

Hasad dunyo va oxiratda halok qiluvchi

Hasad nafaqat oxiratda, balki dunyoda ham insonni halok qiluvchi yomon bemorlikdir. Bir kishi, ikkinchi odamga hasad qilishi bilan azob va g‘amda qoladi.Negaki hasadgo‘y o‘zidan boshqani ravnaq topishini ko‘rmog‘i ila, dilida ranj, g‘am va siqilish paydo bo‘ladi. Buning oqibatida kishi bora -bora salomatchiligini ham yuqotadi.

Hasadgo‘y hasad o‘tida yonadi

Bir arabiy she’rda, hasad-olovga o‘xshatiladi.Olovni biror narsaga tegishi bilan uni yemoqlik xususiyati bor.Masalan; yog‘ochni olovga tashlasak olov uni yondira boshlaydi va yog‘och yonib bitgach esa, yonayotgan o‘tni bir qismi uni ikkinchi qismini, to olov o‘chgunga qadar yeb bitirishga kirishadi. Hasad o‘ti ham, olov kabidir hasad qiluvchi avval boshqani rasvo qilish va unga nuqson yetkazishga harakat qiladi, qachon boshqaga nuqson yetkaza olmasa, o‘zi hasad o‘tida yona-yona ado bo‘ladi.

Hasadning muolajasi

Ushbu hasad deb nomlangan bemorlikni muolajasi, hasadgo‘y kishi ushbu so‘zlarni fikr va tasavvur qilmog‘i lozimdir: Alloh taolo ushbu koinotni o‘ziga xos hikmat ila insonlarga o‘z ne’matlarini taqsim qildi. Masalan, kimgadir salomatlik ne’matini, kimga davlat, kimga izzat, kimga husni-jamol, kimgadir tinchlik va xotirjamlik ne’matini ato qilgan. Bu foniy dunyoda qaysidir ne’matga muyassar bo‘lmagan va qaysidir azobga mubtalo bo‘lmagan insonning o‘zi yo‘q.

Uch olam

Alloh taolo ushbu koinotda uchta olam yaratdi. Birinchi olam, unda faqat rohat bo‘ladi, azob, ranju, g‘am bo‘lmaydi, u esa jannat olamidir. Jannatga faqat Alloh taoloni fazli ila yetiladi. Amin. U yerda faqat rohat ketidan rohat, orom ortidan orom bo‘ladi. Va bu olamni mutloq aksi bo‘lgan boshqa bir olam bor, unda faqat azob ketidan azob, g‘am ortidan g‘am va zarar ortidan zarar yetadi, xursandchilikdan esa nom-nishon ham bo‘lmaydi. Uning nomi jahannam olamidir. Alloh taolo hammamizni ham, u yerga kirishlikdan o‘zi saqlasin. Amin. Uchinchi olam esa yuqoridagi ikki olamdan tarkib topgan bo‘lib, unda xusandchilik ham, g‘am ham bo‘ladi, rohat ham, azob ham bo‘ladi. Bu esa, biz yashayotgan dunyo olamidir. Ushbu dunyo deb atalgan olamda inson, hayotim davomida biror qiyinchilikka duch kelmadim yoki biror xursandchilik yoki rohat ko‘rmadim, deb ayta olmaydi. Bu yerda har bir xursandchilik zamirida, g‘amning tirnashi va har bir qiyinchilik zamirida esa rohat yashirib qo‘yilgandir. Qiyinchiliksiz rohat ham va rohatsiz qiyinchilik ham bo‘lmaydi.

Haqiqiy ne’mat kimga nasib qiladi?

Alloh taolo o‘zining hikmatiga muvofiq borliq olamni yaratib, bu olamda kimgadir bir ne’matni berib, kimgadir esa boshqa bir ne’matni berdi. Alloh taolo bir insonga mol va davlat ne’matini berib, uning muqobilida boshqa bir insonga salomatlik ne’matini ehson qildi. Endi badavlat kishi, yetti muchali sog‘ bo‘lgan salomat insonga, nega bu sog‘-salomat yuradi? deb hasad qiladi. Va salomat kishi esa, badavlat insonga, shuncha molu, davlat unga qayerdan keldi?, deya hasad qiladi. Haqiqatda esa bu Alloh taoloning taqdiri va uning hikmatiga binoan qilingan hukmdir. Va bu dunyoda biror kishi boshqa bir kishi borasida, u to‘lig‘-mukammal rohat va farog‘atda hayot kechirmoqda, deya olmaydi. Chunki zohiran, bir kishini hamma korxonalari bir tekisda ishlayotgan, qasr qilib qurilgan uylari, turli-tuman mashinalari, xizmatkorlari va duyoning hamma aysh-ishrat asboblari muyassardek ko‘zga tashlanadi. Va boshqa tarafda esa, bir mardikor sahardan, shomgacha tosh maydalab qiyinchilik bilan bir amallab qornini to‘yg‘azadi. Endi ushbu mardikor, badavlat insonni ko‘rishi bilan, u duyoning kattadan-katta ne’matlariga ega ekan deb, o‘ylashi mumkin, lekin shu bilan birga ushbu ikki toifadagi insonlar hayotiga yaxshilab razm solsak, qo‘sha-qo‘sha uylari, qasrlari, turli xil mashinalari, behisob mol-u davlati, va aysh-ishrat asboblariga ega bo‘lgan kishini esl holi bizga ma’lum bo‘ladi. Negaki, ushbu o‘ziga to‘q, hech narsaga muhtoj bo‘lmagan inson yostiqqa bosh qo‘yishi bilan darhol uyqusi kelmaydi, balki uxlash uchun uyqu dori ichishga majburdir. Va uning dasturxonida turli anvoyi va lazzatli taom va mevalar bo‘la turib, lekin oshqozonida yara borligi va doktorni , falon narsani yeyish mumkin va falon narsalarni esa yeyish mumkin emas , deb cheklovlar qo‘ygani sabab bir, ikki luqma taomni ham o‘ylab tanovul qiladi. Endi aytingchi, oldida dunyoning hamma buyumlari mavjud bo‘la turib, uyqu va taomdan mahrum bo‘lgan kishi ziyoda rohat topa oladimi? Yana bir kambag‘al ishchi inson, sakkiz soatlab mardikorlik qilgandan keyin, qorni ochgan holda suvi qochib qotgan nonni lazzat va halovat ila tanovul qiladi va yostiqqa boshini qo‘yishi bilan uyqu uni o‘z og‘ushiga olib , kamida sakkiz soat rohatlanib dam olgandan so‘ng uyqudan uyg‘onadi. Aytingchi, ushbu ikki insondan qaysi biri rohat topdi? Haqiqiy rohat qay biriga nasib qildi? Agar yaxshilab o‘ylab ko‘rsak, Alloh taolo avvalgi shaxsga haqiqatdan ham dunyo matolarini in’om qilgan, lekin haqiqiy rohat bilan ikkinchi shaxsni mukofotlagandir. Buning hammasi Alloh taoloning hikmatidir.

Rizq bir ne’mat , taomlanmoq esa alohida ne’matdir

Otam, Alloh taolo u kishini rahmatiga olib, darajalarini yuqori qilsin. Amin. Bir marta bizga taomlangandan so‘ng aytiladigan ushbu hadisi sharifni o‘qib eshittirdilar:

Ya’ni, meni ushbu taom ila taomlantirgan va meni harakatim va qudratimsiz bu rizqni menga ato qilgan Alloh taologa shukr bo‘lsin . Kim taomdan so‘ng ushbu duoni o‘qisa, Alloh taolo uning avvalgi hamma (kichik) gunohlarini mag‘firat qiladi, dedilar.

Shundan so‘ng otam, ushbu rivoyatda Rasullulloh sallollohu alayhi vasallam ikki so‘zni alohida-alohida zikr qildilar, deb aytdilar. Birinchisi rizqlantirdi va ikkinchisi esa meni taomlantirdi so‘zlari, ya’ni Alloh taolo menga rizq berdi va ushbu taom ila taomlantirdi. Ushbu hadisdagi ikkita so‘zni ma’nosi bitta bo‘lsa, unda nega ularni alohida zikr qilish kerak? Birgina lafz bilan ifoda qilinsa bo‘lmasmidi?, degan savol paydo bo‘ladi. Otam u kishini Alloh o‘z rahmatiga olsin, ushbu ikki ish boshqa-boshqadir , deya javob berdilar. Negaki, rizqni hosil bo‘lishi mustaqil ne’mat bo‘lsa va rizqni yemoq esa mutloq boshqa ne’matdir. Buning sababi shuki, ba’zi payt rizq degan ne’matni inson hosil qiladi, masalan, bir kishini xonadonida tanqis taomlar muhayyo va har turli mevalar ham mavjud, lekin ularni yemoqqa u botina olmaydi. Negaki, oshqozonini xastaligi va doktorlarni parhezga buyurishlari, uni bundan chegaralab qo‘ygan bo‘ladi. Bu o‘rinda rizqlantirdi, degan gap hosil bo‘lmoqda, lekin taomlantirdi so‘zi hosil bo‘lmayapdi. Alloh taolo bu insonga rizqni berdi, afsuski taomlanishga salohiyat va hazm qilishga quvvat ato qilmadi. Har holda ham bu ishda Alloh taoloni hikmatlari borki, kimgadir bir ne’matni bersa, boshqaga esa mutloq boshqa ne’matni in’om qiladi.

Alloh taoloning hikmati

Hasadning muolajasi shuki, hasad qilguvchi ushbu tarzda fikr yuritmog‘i lozimdir. Masalan; biror kishi kattaroq ne’matga erishmog‘i ila unga nisbatan dilingizda afsus yoki achinish paydo bo‘lgan vaqtda, Alloh taolo unga bermay faqat sizga bergan ne’matlar haqida fikr yuriting. Yana Alloh taolo undan ko‘ra sizni sog‘lom qilgan yoki husni jamolni sizga ziyodaroq bergan bo‘lishi mumkin yoki Alloh unga bermagan ne’mat bilan sizni siylagan bo‘lishi mumkin, shular haqida fikr yuriting. Negaki bu ne’matlarni taqsimlashda, insonni aqli yetmaydigan Alloh taoloning hikmatlari bordir. Ushbu gaplar ustida fikr yuritmoq bilan hasad kasalligi yengillashadi.

Urdu maqol

Urdu xalqida, Alloh taolo kal kishiga tirnoq bermadi degan mashhur bir maqol bor. Ushbu hakimona maqolni ma’nosi shuki, aslida sizga molu, davlat degan ne’mat nasib qilmagan bo‘lsa, farazan siz shunga erishdim deb tasavvur qiling. Endi siz bilmaysizki, uni sababidan qanday fasod kelib chiqishi va sizni qanday azobga mubtalo qilishi va sizni qay tarzda beqadr qilib, qiyomatda savol-javobingiz qanday bo‘lishini bilmaysiz. Xullas, agar Alloh taolo bu ne’matni sizga bermagan bo‘lsa, o‘z hikmatiga ko‘ra ravo ko‘rmagandir. Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:

Alloh ba’zingizni ba’zingizdan afzal etgan narsalarni (hasad ila) orzu etmang. ( Niso surasi 32-oyat)

Alloh taolo ushbu oyatda Orzu etmang demoqda, nega? Negaki bu boylik sizga nasib qilgan taqdirda ham, uning ortida qanday fasodlar yashirinib yotganini tasavvuringizga ham sig‘dira olmaysiz. Albatta, siz falon kishi orzu qilgan narsasiga erishibdi, lekin u ne’mat unga foyda keltirish o‘rniga aksincha ziyon keltiribdi, degan gaplar hoynahoy qulog‘ingizga chalingan. Shuning uchun eng avval birov erishgan ne’matga dilingiz kuyayotgan bo‘lsa, ushbu so‘zlar ustida fikr yuritmog‘ingiz lozim: 1) Bu ish Alloh taoloni taqdiriga e’tirozdir. 2) Yana ushbu ish Alloh taoloni hikmatidan bexabarlik natijasidir. 3) Alloh taolo unga nasib qilmagan ne’matni sizga bergan bo‘lishi mumkin.

Sizga berilgan ne’matlarni ko‘zdan kechiring

Hamma balo inson o‘ziga boqish o‘rniga boshqalar tarafga qarashlikligi tufayli kelib chiqadi. Inson o‘zida mavjud bo‘lgan ne’matlarga diqqat va e’tiborini qaratmaydi va Alloh taolo bergan ne’matlar shukrini ado ham qilmaydi, lekin boshqalarga berilgan ne’matlarga qarashligi va ularni aybini taftish qilishi oqibatida o‘zini aybu, nuqsonlari tarafiga qarashni esdan chiqaradi. Agar inson har soniya uning ustidan Alloh taolo yog‘dirib turgan ne’matlarni xayolidan o‘tkazib tursa, qay holatda bo‘lsa ham hech qachon birovga hasad qilmaydi. Negaki, bu ishdan so‘ng Alloh taolo ustingizdan shunday ne’mat yomg‘irlarini yog‘daradiki, tongdan to shomgacha ne’matlar yomg‘iri ostida qolib ketasiz. Agar siz shunday fikr yuritsangiz, boshqalarga berilgan ne’matga hech qachon hasad ko‘zi bilan qaramaysiz.

Hamisha o‘zingizdan pastga qarang

Bugungi jamiyatimizda odamlar boshqalarni taftish qilishga qiziqishlari ortib ketdi. Masalan, falon kishiga pul qanday va qay yo‘l bilan kelar ekan? U qanday uy quribdi? Qanaqa mashina sotib olibdi, o‘zini holati qanday ekan? , deya birma-bir har birini tahlil qilamiz. Ushbu taftish va tekshiruvlar natijasida, vaqti-ki sizda mavjud bo‘lmagan chiroyli va dilkash narsaga duch kelsangiz, bundan hasad paydo bo‘lmay nima ham hosil bo‘lsin. Shuning uchun yuqorida zikri o‘tgan har bir kishi yodida tutishi lozim bo‘lgan gapni eslatib o‘tmoqchiman: Dunyo muomalasida hamisha o‘zingizdan patsga qarang va din muomalasida esa hamisha o‘zingizdan yuqoriga qarang

Abdulloh ibni Muborak va rohat

Chunonchi, Abdulloh ibni Muborak rahmatullohi alayh hayotlarini hikoya qilib aytadilar: Men bir uzoq muddat moldorlar mahallasida yashab, ularning majlislarida ko‘pincha birga hamsuhbat bo‘lardim. O‘sha zamonlar mendan ko‘ra ziyoda g‘amgin va ranjida kishi yo‘q edi. Negaki, kimni ko‘rsam uning kiyimi menikidan ko‘ra yaxshi, ulovi esa mening ulovimdan a’lo va hovlisi mening hovlimdan hashamatli ko‘rinardi, buning natijasida esa u shunday ne’matga erishibdi, menga nega bunday ne’matlar hosil bo‘lmaydi, deb hamisha g‘amga mubtalo bo‘lardim. Shuning uchun o‘sha paytlar mendan ko‘ra ziyoda g‘amgin inson yo‘q edi. Lekin bundan so‘ng dunyoviy tarafdan kam ta’minlangan va obro‘, e’tibori kam bo‘lgan kishilar mahallasida yashashni ixtiyor qildim va ular bilan hamsuhbat bo‘ldim. Ushbu mahallaning muhiti avvalgi yashagan mahallamni mutloq aksi bo‘lgani sabab, men orom ola boshadim.Negaki, kimni ko‘rsam, mening libosim unikidan ko‘ra yaxshi, mening ulovim uning ulovidan a’lo, hovlim esa,uning hovisidan yaxshiroqligi nazarga tashlanar edi. Shunda qilib, buning natijasida Alloh taolo mening qalbimga rohatni ato qildi.

Xohish va istaklar hech qachon tugamaydi

Yodingizda tuting, agar biror inson dunyo matolarini jamlashda hammadan o‘zib ketgan bo‘lsa ham, hargiz uning oxiriga yetolmaydi. Ushbu o‘tkinchi dunyoning eng boy kishisidan, siz hamma narsaga erishdingizmi? Siz endilikda hech narsani istamasangiz kerak?, deb so‘ralsa. Javobida, bo‘lsa yana istardim , deydi va boyligiga ustiga yana boylik qo‘shilishi fikrida turadi. Bu dunyo haqida bir arab shoiri nihoyatda hakimona gap aytgan.

Ya’ni, bugungacha bu dunyodan hech kimni qorni to‘lmadi. Qachon bir orzuga erishsangiz, uning ortidan boshqa bir orzu paydo bo‘ladi. Har istak, bir yangi xohishni keltirib chiqaradi va har hojat esa boshqa hojatni dunyoga keltiradi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.