Halab aeroporti Isroil hujumidan keyin ishini to‘xtatdi

Suriya Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Halab xalqaro aeroporti Isroilning raketa hujumi oqibatida yetkazilgan zarar tufayli faoliyatini to‘xtatdi.
SANA ma’lumotlariga ko‘ra, uchish-qo‘nish yo‘lagi va ba’zi navigasiya uskunalari shikastlangan.
Qayd etilishicha, barcha reyslar Halabdan Damashq va Latakiya aeroportlariga yo‘naltirilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)