Habib Nurmagomedov: «Ronalduning hayoti uchun javob berishni xohlamayman»

Habib Nurmagomedov: «Ronalduning hayoti uchun javob berishni xohlamayman»

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Krishtianu Ronaldu bilan do‘stligi haqida gapirdi. Bu haqda Match TV xabar berdi.

MMA ga aloqasi bo‘lmagan ko‘pgina odamlar bilan muloqot qilaman. Shu bilan birga Krishtianu Ronaldu bilan uning har bitta o‘yinidan so‘ng suhbatlashib turaman.

Uni Dog‘istonga taklif qilish? Bilmadim, bunday fikr xayolimdan o‘tmagan ekan. Agar shunday bo‘lsa, uni qo‘riqchilar bilan ta’minlashim kerak. Bu yerda uning hayoti uchun javob bera olamanmi yoki yo‘q, bunisini bilmadim. Dog‘iston OAVlarda ko‘rsatganidek xavfli emas.

Har holda u dunyodagi eng mashhur sportchi hisoblanadi. Uning hayoti uchun javobgarlikdek mas’uliyatli ishni o‘z zimmamga olmagan bo‘lardim. Agar uni Dog‘istonga chaqiradigan bo‘lsam, istalgan vaqtda uchib kelishiga ishonaman. Uni kutib olishdan juda xursand bo‘lgan bo‘lardim , dedi Habib Nurmagomedov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!