Gruziyada LGBT tashviqotini taqiqlovchi qonun loyihalari to‘plami ro‘yxatga olindi

Gruziyada LGBT tashviqotini taqiqlovchi qonun loyihalari to‘plami ro‘yxatga olindi

Gruziya parlamenti byurosi LGBT targ‘ibotini va jinsini o‘zgartirishni taqiqlovchi qonun loyihalari paketini ro‘yxatga oldi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

To‘plam «Oila qadriyatlari va voyaga yetmaganlarni himoya qilish to‘g‘risida»gi bitta asosiy qonun loyihasi va undan kelib chiqadigan turli qonunlarga 18 ta o‘zgartish va qo‘shimchalarni o‘z ichiga oladi.

Tuzatishlar parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etuvchi «Gruziya orzusi» partiyasi tashabbusi bilan chiqdi. Qonun loyihalari to‘plamiga ko‘ra, ta’lim muassasalari va ommaviy axborot vositalarida bir jinsli nikoh, jinsini o‘zgartirish, LGBT targ‘ibotini olib borish taqiqlanadi.

Muxolifat taklif etilayotgan ayrim tuzatishlar mamlakatning amaldagi konstitusiyaviy me’yorlariga zid ekanligini da’vo qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!