Google’da ishlayotgan o‘zbek yigiti oyiga qancha maosh olishini bilasizmi?

A A A
Google’da ishlayotgan o‘zbek yigiti oyiga qancha maosh olishini bilasizmi?

Google jahondagi eng yirik, daromadi katta kompaniyalardan biri hisoblanadi. Hozirda kompaniyada 100 mingdan ortiq dasturchilar faoliyat yuritadi. Google’ga ishga kirish uchun har yili 3 million odam rezyume jo‘natadi. Biroq ularning 6000 nafarigina ishga olinadi.

Xo‘sh, Google o‘z xodimlarini qanday kriteriyalar asosida tanlab oladi? Ishga kirish uchun nima qilish kerak? Ular yiliga qancha oylik maosh oladi?

Ayni paytda Google’da dasturchi bo‘lib ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik Sherali Obidov bu haqda «Daryo»ga batafsil so‘zlab berdi.

Sherali Obidov Namangan viloyatida tug‘ilgan. U 26 yoshda. 2016 yilda Westminster universitetini tamomlab, Maharishi menejment oliygohiga magistraturaga qabul qilingan. Ayni paytda Google kompaniyasida dasturchi bo‘lib faoliyat yuritmoqda.

Men o‘zimni dunyodagi eng muvaffaqiyatli insonlardan biri deb bilaman. Sababi bolalikda niyat qilgan barcha maqsadlarimga erishdim. Istagan oliygohimda tahsil oldim. Ayni paytda jahondagi eng yirik kompaniya Google’da ishlayapman. Qisqa qilib aytganda, Amerikada o‘zim istagan hayotni qurdim. Biroq ortga nazar tashlaydigan bo‘lsam, bularning hech biri osonlikcha sodir bo‘lmadi. Keling, hammasini boshidan batafsil aytib bera qolay…

Ochig‘i, dastlab dasturchilikni ko‘p daromad keltiruvchi soha bo‘lgani uchun tanlaganman. Ammo keyinchalik ishimdan zavq ola boshladim, ya’ni bu yo‘nalishda o‘z «men»imni topdim. Va o‘sha paytdayoq, eng kuchli dasturchi bo‘lib, dunyodagi eng yirik kompaniya Google’da ishlayman deb oldimga maqsad qo‘ydim. Buning uchun men eng yaxshi mutaxassislardan tahsil olib, o‘z ustimda ko‘p ishlashim va, albatta, Amerikada yashashim kerakligini bilardim. Shuning uchun 2016 yilda Toshkentdagi Westminster oliygohini tamomlab, Amerikaga magistratura bosqichiga hujjatlarimni topshirdim.

Ma’lumot uchun: Amerikadagi barcha oliy ta’lim muassasalariga magistratura uchun bir xil hujjat, ya’ni 6,5—7 balldan kam bo‘lmagan IELTS sertifikati, recommendation letter (Tavsiyanoma), CV (ob’ektivka, ma’lumotnoma), motivatsion letter (motivasiya xati) hamda bakalavr diplomingizning tarjimasi kerak bo‘ladi. Imtihonlar ham bir-biriga o‘xshash.

Masalan, Westminsterda o‘qiganim uchun ingliz tilidan test topshirmaganman. Faqatgina yo‘nalishim, ya’ni informatika bo‘yicha onlayn suhbatdan o‘tganman. Biroz vaqt so‘ng pochtamga Maharishi menejment universitetiga o‘qishga qabul qilinganim to‘g‘risida maktub keldi. Men esa barcha narsalarimni yig‘ishtirib, maqsadlarim sari yo‘l oldim.

Amerika sehrli diyormi?

Ilk bor Amerikaga kelgan paytimda uning hech qanaqa sehrini his qilmaganman. Ko‘p jihatlari yoqmagan. Masalan, ovqatlari qandaydir bemaza, go‘yo sun’iydek tuyulardi. Hech tanovul qilgim kelmasdi. Oilamni, O‘zbekistonni sog‘inardim. Keyinroq Kaliforniyaga ko‘chdim. Bu yerda IT sohasida ishlaydigan migrantlar, do‘stlarim bor edi. Yolg‘iz emasligimgami va yoki o‘zbek restoranlari borligi uchunmi, bilmayman, xullas shahar menga juda yoqdi. Bu yerning ovqatlariga ham ko‘nikib ketdim. Bundan tashqari tabiati chiroyli, hordiq chiqaradigan xushmanzara maskanlari juda ko‘p. Biroq uy va ijara narxlarining qimmatligi haligacha yoqmaydi.

Men Amerikada xususiy oliygohda o‘qiganman. Fakultetimda ko‘plab xalqaro talabalar tahsil olardi. Bu yerda magistratura birinchi yilini universitetni borib, ikkinchi yildan esa onlayn tarzda o‘qish mumkin. Kontrakt yiliga 20 ming dollar atrofida. 2-bosqichdan ishlaganim uchun bu summani to‘lash muammo bo‘lmagan.

Xususiy oliygohlarning yaxshi tarafi ular sizga nafaqat sohangizga oid bilimlar, balki ishga kirish paytida suhbatda o‘zini qanday tutish, savollarga javob berish, umuman sizning ishga joylashishingiz uchun muhim bo‘lgan ko‘nikmalarni ham beradi. Bundan tashqari universitet ma’muriyati siz haqingizda tavsifnoma yozib, Amerikadagi bir qator yirik kompaniyalarga tavsiya ham qiladi.

O‘zim ham birinchi bosqichda universitetga kelib tahsil oldim. Ikkinchi yildan onlayn o‘qish imkoniyatidan foydalanib, Chikagodagi SPINS kompaniyasida dasturchi bo‘lib ishladim. Eng muhimi, Google’ga joylashishimda ham ustozlarimning bergan bilimlari juda qo‘l kelgan.

Jangchi kurashga to‘ymaydi

2017 yilda birinchi marta Google’ga hujjatlarimni topshirganman, nimagadir meni rad etishdi. Biroq «Jangchi kurashga to‘ymaydi» deganlaridek, ortga chekinmay o‘z ustimda tinimsiz ishlayverdim. Bir yil davomida faqat sohamga oid tenglamalar, masalalar ishladim. Biroz vaqt o‘tib, yana bir marta urinib ko‘rdim. Quvonarlisi, ikkinchi bor urinishim besamar ketmadi.

Bir necha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tganimdan so‘ng, kompaniya meni suhbatga chaqirdi. Bu juda kata gap edi. Chunki bu yerga har yili millionlab odamlar rezyume jo‘natadi. Ular ham bir qancha kriteriyalardan o‘tadi, hammasi ham suhbatga chaqirilavermaydi. Shundan so‘ng suhbatga astoydil tayyorgarlik ko‘rdim. Boisi bu ishga kirishda eng muhim bosqich hisoblanardi. Suhbatda ish beruvchi istagan savolini berishi, sizni sinashi mumkin.

Xullas, har tomonlama yaxshilab tayyorlandim. Bilmadim shuning uchunmi, intervyu ko‘ngildagidek o‘tdi. Asosan sohamga oid masalalar berildi, ularni ishlab berdim. Kelajakdagi rejalarim borasida suhbatlashdim. Qisqa qilib aytganda, kompaniyadagilar mening texnik bilimim va til bilish darajamni sinovdan o‘tkazdi. Hammasi kutganimdek bo‘ldi. Bir necha oydan keyin men Google kompaniyasida ish boshladim. Xohlovchilar ishga qanday kirganligim haqida batafsil blog-postimdan o‘qishlari  mumkin.

Google’ga borganimdan so‘ng...

 To‘g‘risini aytsam, avvallari o‘zimni kuchli dasturchi deb hisoblardim. Ammo Google’ga kelganimdan so‘ng, sohamda mendanda bilimli yoshlarni ko‘rib, qoyil qolganman. Ular har bir ishni chin ko‘ngildan qunt bilan bajaradi. Kompaniya ham bunga javoban xodimlariga yaxshi g‘amxo‘rlik qiladi. Ular uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratib bergan: 3 mahal tekin ovqat va kerak bo‘lsa turar joyingizgacha moddiy jihatdan ko‘maklashadi.

Oyliklar haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, Google dasturchilarga eng baland maosh to‘lovchi kompaniya hisoblanadi. Bu yerda IT sohasi vakillari texnik darajasiga qarab haq oladi. Kompaniyada 10 ta daraja bo‘lsa men 4-pog‘onadaman. Oylik ham shunga qarab oshib boraveradi. Masalan, meni level’imdagi (darajamdagi) dasturchilar yiliga 150 mingdan 200 ming dollargacha oylik maosh oladi.

Biroq xodimlardan talab qilinadigan ish sifati ham shunga yarasha. To‘g‘risini aysam, boshida biroz qiynaldim. Boisi men bilmagan yo‘nalishlarda topshiriqlar berilardi. Masalan, oddiy qilib tushuntiradigan bo‘lsam, tasavvur qiling siz ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qiladigan tarjimonsiz. Biroq Google’da sizning qaysi tilni bilishingiz yoki bilmasligingizga qarab vazifa berilmaydi. Siz fransuz tilidan o‘zbek tiliga yoki nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishingiz kerak. Bu yerda siz u tilni bilasizmi-bilmaysizmi farqi yo‘q. Siz tarjimonsiz, qila olishingiz shart. Agar bilmasangiz, o‘rganishingiz uchun sizga vaqt ajratiladi. Berilgan muddat ichida mukammal o‘rganishingiz kerak. Ya’ni bilmasligingiz sizni topshiriqlardan ozod qilmaydi.

Yuqorida aytganimdek, Google’da juda kuchli dasturchilar ishlaydi. Men har doim jamoada birinchi bo‘lishga harakat qilganman. Lekin bu yerda hamkasblarimdan tajribam va bilimim kamroq edi. Ular bilan tenglashish uchun dam olishdan, uyqumdan kechib tinimsiz harakat qila boshladim. Boshida qiyin bo‘ldi, lekin o‘rgandim. O‘zingizdan kuchli insonlar bilan ishlashning bir yaxshi tomoni doim charxlanib borasiz. Va nihoyat bir necha oydan so‘ng, ularga yetib oldim. Endi berilgan topshiriqlarni bemalol bajara olaman. O‘zimga bo‘lgan ishonchim ham yanada oshdi.

Google’dagi hayot

Kompaniyadagi muhit bizning O‘zbekistondagi sharoitdan ancha farq qiladi. Taqqoslab bo‘lmaydi, ochig‘i. Birovni birov bilan ishi yo‘q. Bu yerda O‘zbekistondagiday hamkasblar ishdan keyin choyxonaga bormaydi. Oilasi, rejalari haqida gaplashib o‘tirmaydi, ya’ni o‘zbeklarday mehr-oqibat yo‘q. Faqatgina ish borasida suhbatlashadi. Keyin amerikaliklar ko‘proq oila a’zolari bilan dam oladilar. Faqat tushlikka chiqqanda ba’zan shaxsiy masalalar haqida ham suhbatlashish mumkin.

Maslahatlar

Biror kasbni tanlolmay turgan yoshlarga dasturchilikni tavsiya qilaman. Sababi IT sohasida diplom, ma’lumot so‘ralmaydi. Siz ishingizni mukammal bilsangiz bo‘ldi. Chunki o‘zim ham yaxshi o‘qimaganman, faqat dasturlash bilan shug‘ullanganman. Bundan tashqari maoshi baland soha. Keyin mendan aksariyat odamlar «dasturchilikka qiziqaman faqat yoshim 30 yoki 35 da bu kasbni tanlashimga kech bo‘lmadimi?», deb so‘raydi. Yana bir yaxshi tomoni sohada yoshingizning farqi yo‘q. 30 yoshdan oshgandan so‘ng ham o‘rganib, karerasini boshlagan odamlarni bilaman. Demoqchi bo‘lganim, dasturchilik bilan shug‘ullanishga hech qachon kech emas.

Yoshlarga tavsiyam, har qachon eng zo‘ri bo‘lishga intiling. Chunki yaxshi hayotni xohlayapsizmi, unga o‘zingiz ham shunga loyiq bo‘lishingiz shart. Dasturchi bo‘lasizmi yoki o‘qituvchi, shifokor hatto oddiy sartarosh, ahamiyatsiz, ishingizni zo‘r bilsangiz, kuchlisi bo‘lsangiz, hamisha yaxshi pul topasiz. Kuchli kadr har joyda qadrlanadi. Ishda ham hayotda ham kerakli va sevimli bo‘lasiz. Biroq unutmangki, hech narsa osonlikcha bo‘lmaydi. Odam qulay hududdan chiqib, mehnat qilmagunicha biror muvaffaqiyatga erishmaydi.

Boshqa kasblar kabi IT sohasining ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bisyor. Masalan, siz doimo zamon bilan hamnafas bo‘lib, tinimsiz o‘z ustingizda ishlashingiz lozim. O‘rganishdan to‘xtasangiz, bir joyda qotib qolasiz. Dasturchilikning biror bir cho‘qqisi, marrasi yo‘q. U tinimsiz mehnatni, izlanishni talab qiladi.

Yana bir holat O‘zbekistonda juda kuchli dasturchilar ko‘p, biroq ingliz tilini bilmaydi. Meni chet tillarini yaxshi bilganim ko‘p muvaffaqiyatlarimga eshik ochgan. Shuning uchun siz hozirdan poydevorni mustahkamlang. Xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini mukammal o‘rganing.

Hayotda barchasi o‘zingizga bog‘liq! Og‘ir hayot sizga juda zo‘r motivasiya bo‘lishi mumkin. Ya’ni siz qilayotgan ishingizning ortidan katta daromad topasiz. Va shu asnoda nafaqat sizning, balki oilangizning, yaqinlaringizning hayoti o‘zgaradi. Ota-onangiz, opa-singillaringizning orzu, niyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoni bo‘ladi. Men ham juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. Biroq hozir o‘zim istagan hayotga egaman.

Yana bir muhim maslahatim tavakkal qilishdan, xato qilishdan qo‘rqmang. Umringizni uzaytirolmaysiz, biroq uni mazmunli, chiroyli qilishingiz mumkin. Albatta, farovon hayot esa yaxshi kasb egasi bo‘lib, tinimsiz mehnat qilish evaziga keladi. Hech qachon o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang.

Rejalarim haqida

Amerika hayotimni, qarashlarimni butunlay o‘zgartirib yuborgan. Bir yil ichida maqsadlarim ham yangilandi. Sababi odam bir cho‘qqini zabt etsa, yana boshqasi sari intilaverarkan. Hali beri O‘zbekistonga qaytmoqchi emasman. Chunki bu yerda amalga oshirishim kerak bo‘lgan rejalarim juda ko‘p. Shu bois yana bir necha yil Google’da faoliyatimni davom ettirmoqchiman. Moddiy ahvolimni mustahkamlab, yetarli mablag‘ to‘plaganimdan so‘ng, o‘z biznesimni boshlayman. Balki keyin boshqa davlatga ko‘chib ketarman, bilmadim. Lekin hozircha shu hayot tarzimda davom etaman.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Таъкидланишича, ушбу хат 2019 йил июл ойида Эпштейннинг камерадоши, собиқ полициячи Николас Тартальоне томонидан топилган

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

Endi V1 darajali sertifikat ham oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyoz beradi

Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi birgina g‘alaba bilan JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Osiyo kubogi pley-off bosqichiga chiqdi

Саудия Арабистони мезбонлик қилаётган ўсмирлар (U-17) ўртасидаги Осиё кубогининг "D" гуруҳида иккинчи тур ўйинлари якунланди.

Kanadada sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng motosikl svetoforda osilib qoldi

Мотоцикл ҳайдовчиси оғир жароҳатлар олган бўлсада, омон қолган.

Zelenskiy: Putin "nihoyat real uchrashuvlarga tayyor"

Зеленский, шунингдек, эълон қилинган сулҳ вақтида Россия оммавий ракета ва авиация зарбалари бермаганини, бироқ фронтда жанг ҳаракатлари давом этаётганини таъкидлади.

AQShning dunyodagi obro‘si Rossiyanikidan ham pastga tushib ketdi

​2026 йилги янгиланган маълумотларга кўра, АҚШнинг глобал имиж кўрсаткичи икки йил олдинги плюс 22 фоиздан минус 16 фоизгача тушган

La liga. «Barselona» «Real»ni mag‘lub etib, Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (VIDEO)

Испания Ла Лигасининг 35-туридан ўрин олган «Барселона» ҳамда «Реал» ўртасидаги учрашув якунланди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.