“Google” 28 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi. Sabab…

“Google” 28 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi. Sabab…

Amerikaning “Google” korporasiyasi Isroil hukumati va Qurolli kuchlari bilan hamkorlikka qarshi kompaniya ofisida 10 soatlik ish tashlash e’lon qilgan 28 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi, deb yozdi “New York Post” gazetasi kompaniya taqdim etgan ma’lumotga tayanib.

Axborotda ta’kidlanishicha, aksiya ishtirokchilari korxonadan Isroilga chegarasiz hisob-kitob va sun’iy intellekt xizmati ko‘rsatilishi nazarda tutilgan, qiymati 1,2 milliard dollarlik “Nimbus loyihasi” bo‘yicha tuzilgan shartnoma bekor qilinishini talab qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!