GM Uzbekistan dastlabki to‘lovsiz avtokreditlar haqida ma’lum qildi

GM Uzbekistan dastlabki to‘lovsiz avtokreditlar haqida ma’lum qildi

GM Uzbekistan xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida bugungi kunda avtokredit taqdim etayotgan tijorat banklari faoliyatini o‘rganib chiqdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda 18 ta tijorat banki turli shartlarda avtokredit xizmatini taklif etmoqda.

Ular orasida dastlabki to‘lov miqdori 0 foiz bo‘lgan banklar ham mavjud. Xususan, «Ravnaq bank», «Oriyent Finans Bank», «Turkiston bank» tomonidan dastlabki to‘lov mavjud bo‘lmagan taqdirda ham avtokredit taqdim etilmoqda. Bunda mijoz tomonidan kredit to‘lovining garovi sifatida bozor bahosi avtomobil narxidan 125 foiz baland bo‘lgan mulkni yoxud shuncha miqdorda sug‘urtani amalga oshirish lozim bo‘ladi. Bunday kreditlarning muddati 36 dan 60 oygacha, yillik stavkasi 24-28 foizni tashkil qiladi.

Masalan, Nexia 3 LT (2-poz.) uchun «Ravnaq bank»ning 5 yil muddatga yillik 26 foizda stavkada avtokreditini rasmiylashtirsangiz, oylik to‘lov o‘rtacha 2,6 million so‘mni tashkil qiladi.

GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar xaridi uchun tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlarning batafsil shartlari bilan quyidagi havola orqali keltirilgan ro‘yxatda tanishish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!