Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?
🩸Gipertoniya – eng ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri. Uni o‘z vaqtida davolamaslik infarkt, insult va yurak yetishmovichiligi kabi jiddiy xastaliklarga olib kelishi mumkin.
⬇️ Shu bois yuqori qon bosimi profilaktikasi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
🥙 1. To‘g‘ri ovqatlanish. Qizil go‘sht, hayvon yog‘lari va tuz iste’molini kamaytiring. Taomnomada meva-sabzavotlar, baliq, yong‘oq, yog‘siz sut mahsulotlari bo‘lishiga e’tibor bering.
☕️ 2. Qahvani cheklash. Kofein qon bosimini oshiradi. Shu bois uni cheklash maqsadga muvofiq.
🚫 3. Alkogol va tamaki mahsulotlaridan voz kechish.
🏃♂️ 4. Jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. Yengil sport turlari, piyoda yurish, velosiped uchish, suzish arterial qon bosimining me’yorda bo‘lishiga yordam beradi.
🧍♂️ 5. Tana vaznini nazorat qilish. Ortiqcha vazn gipertoniya rivojlanish xavfini oshiradi.
🧘♂️ 6. Stressli vaziyatlardan qochish. Meditasiya va yoga bilan shug‘ullanish stress hissini kamaytirishning samarali usuli hisoblanadi.
😴 7. Uyqu rejimiga amal qilish. Gipertoniyaga chalingan bemor kuniga kamida 8 soat uxlashi tavsiya etiladi.
💊 8. Dorilarni o‘z vaqtida qabul qilish. Agar shifokor qon bosimini tushirish uchun kerakli dorilar yozib bergan bo‘lsa, ularni o‘z vaqtida ichish lozim.
👨⚕️ 9. Davriy shifokor ko‘rigidan o‘tish. Bu organizmdagi salbiy o‘zgarishlarni barvaqt aniqlash va tezkor choralar ko‘rish imkonini beradi.