G‘ijduvon tumanida polietilen quvurlarni qimmat narxlarda xarid qilish holati aniqlandi

G‘ijduvon tumanida polietilen quvurlarni qimmat narxlarda xarid qilish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda G‘ijduvon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga zid ravishda “B.K.” MCHJdan 5,7 mlrd so‘mlik polietilen quvurlarni haqiqiy bahosidan qimmat narxlarda xarid qilib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!