Germaniyada noma’lum haydovchi karnaval ishtirokchilarini bosib ketdi

A A A
Germaniyada noma’lum haydovchi karnaval ishtirokchilarini bosib ketdi

Germaniyaning Folkmarzen shahrida noma’lum haydovchining karnaval ishtirokchilarini avtomobili bilanbosib ketdi.

Qayd etilishicha, 29 yoshli haydovchi mahalliy aholi vakili bo‘lgan. Polisiya haydovchini hozircha so‘roq qila olmasligini ma’lum qilgan va buning sababiga aniqlik kiritmagan.

Avtomobil Germaniyaning Volkmarzen shahrida (Gesse federal shtati) o‘tkazilgan karnavalda olomon orasiga kirib ketdi. 30 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi Bild. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kumushrangli Mersedes miniven mahalliy vaqt bilan soat 14:30 atrofida Rosenmontag karnavalida olomon orasiga kirib, yana 30 metrni bosib o‘tdi.

Haydovchi qo‘lga olingan. Uning 29 yoshda ekanligi ma’lum, uni so‘roq qilishmoqda. Polisiyaning ta’kidlashicha, u avtomashinani odamlarga yo‘naltirgan, ammo hozircha terakt haqida gap yo‘q.

Mahalliy hna.de hna.de portali guvohlarning so‘zlariga asoslanib, haydovchi to‘siqni aylanib o‘tib, olomonga qarata gazni bosganini aytadi. "Guvohlarda haydovchi birinchi navbatda bolalarni nishonga oldi, degan taassurot paydo bo‘lgan, ammo bu hali tasdiqlanmagan", - deyiladi nashrda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!