Germaniya oxirgi 10 yil ichida eng yuqori ishsizlikni qayd etdi

Germaniyada ishsizlar soni 2025 yilning yanvarida deyarli uch millionga yetdi, bu so‘nggi o‘n yillikdagi rekord ko‘rsatkichdir.
Bu haqda Germaniya Federal bandlik agentligi xabar berdi .
Dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik darajasi 2024-yil dekabr oyidan buyon 0,4 punktga oshib, 6,4 foizga yetgan.
Bu mamlakatda ishsizlar soni o‘tgan yilga nisbatan 187 ming nafarga oshib, 2 million 993 ming kishiga yetganini bildiradi. Yanvar oyida ishsizlar soni oxirgi marta 2015-yilda yuqori bo‘lgan, o‘shanda 3,032 million kishi bor edi.
Yanvar oyida ishsizlikning keskin o‘sishi odatiy holdir, chunki ko‘plab mavsumiy mehnat shartnomalari Yangi yil bilan tugaydi va qurilish kabi ob-havoga sezgir bo‘lgan ishlar to‘xtatiladi.
Shu bilan birga, nemis ish beruvchilari Federal bandlik agentligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarni tashvishli signal deb bilishadi.
Germaniya ish beruvchilar uyushmalari konfederasiyasi prezidenti Rayner Dulgerning fikricha, “Germaniya iqtisodiyotining iqtisodiy va tarkibiy zaifligi mehnat bozoriga bor kuchi bilan zarba bermoqda”.