«Gazprom»dan tranzit bilan: konsern Qozog‘iston orqali Toshkent va Bishkekga gaz yetkazib beradi

«Gazprom»dan tranzit bilan: konsern Qozog‘iston orqali Toshkent va Bishkekga gaz yetkazib beradi

Rossiyaning «Gazprom» konserni Qozog‘iston bilan O‘zbekiston va Qirg‘izistonga gaz tranziti bo‘yicha shartnomalar imzoladi, deb yozadi «TASS».

Peterurgeydagi forumda «Gazprom» Qirg‘iziston shimoli va janubiga gaz yetkazib berish bo‘yicha «Elektr stansiyalari» va «Bishkekteploenergo» kompaniyalari bilan ham shartnoma imzoladi. «Gazprom» Qozog‘iston rahbariyati bilan Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berishni ko‘paytirish uchun gaz transporti tizimini tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini kelishib oldi.

Oxirgi 2 yil ichida Gazprom Markaziy Osiyo mamlakatlariga gaz yetkazib berish hajmini oshirib kelmoqda. 2026 yildan boshlab Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranziti to‘rt barobarga, ya’ni 11 milliard kub metrgacha oshishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!