G‘azo janubida 10 nafar falastinlik tinch aholi halok bo‘ldi

G‘azo janubida 10 nafar falastinlik tinch aholi halok bo‘ldi

Isroil harbiy-havo kuchlarining G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shaharchasidagi uyga zarba berishi oqibatida o‘n nafar tinch aholi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.

Bu haqda Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujum qurbonlarining aksariyati bolalardir.

Isroil artilleriya bo‘linmalari Xon Yunusdagi Yevropa kasalxonasi atrofini ham o‘qqa tutdi.

Bundan tashqari, Isroil aviasiyasi G‘azo sektorining markaziy qismidagi Dayr al-Bala hududiga, shuningdek, Nusayrat, Al-Mag‘ozi va Al-Zavayd qochqinlar lagerlariga yirik zarbalar berdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektorining shimolida hujumlarini davom ettirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!