Gayanada Boeing 757 samolyoti havoga ko‘tarilishi bilan qulab tushdi

Gayanada Boeing 757 samolyoti havoga ko‘tarilishi bilan qulab tushdi

Fly Jamaica aviakompaniyasining Kanadaning Toronto shahriga yo‘l olayotgan Boeing 757 yo‘lovchi samolyoti havoga ko‘tarilgandan bir necha soniya keyin qulab tushdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. Voqea 9 noyabrda Gayananing Jorjtaun aeroportida yuz berdi. Samolyot parvozga ko‘tarilishga muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin uchish-qo‘nish yo‘lagi tashqarisiga chiqib ketib, to‘siqqa urilgan va qumga botib qolgan. Gidravlikadagi muammo sababli yuz bergan voqea oqibatida samolyotning dvigatellaridan biri uzilib tushgan va o‘ng qanoti ikkiga bo‘linib ketgan.  Samolyot bortida 128 yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan 6 kishi jarohat olgan va yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!