"Gai"ga qarshilik qilgan fuqaro tegishli tartibda javob beradi

"Gai"ga qarshilik qilgan fuqaro tegishli tartibda javob beradi

Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yilning 16 mart kuni Farg‘ona Viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati bataloni mobil qurilmalardan foydalanish guruhi haydovchi operatorlari SH.F hamda A.Q bilan birga “Nexia-3” rusumli multiradar avtomashinasida Farg‘ona-Vodil yo‘nalishida xizmat olib borayotgan vaqtda, ularning ortidan "Cobalt" rusumli avtomashinada harakatlanib kelayotgan Farg‘ona tumanda yashovchi fuqaro A.Sh yo‘l berishni so‘rab, multiradar avtomashinasining yo‘lini kesib to‘xtagan. Hamda YHXB xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lib, qonuniy talabiga bo‘ysunmay faol qarshilik ko‘rsatgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!