G7 iyun oyida bo‘lib o‘tadigan sammitda Rossiyaning xorijiy aktivlarini hibsga olish rejasiga rozi - AQSh G‘aznachiligi

G7 iyun oyida bo‘lib o‘tadigan sammitda Rossiyaning xorijiy aktivlarini hibsga olish rejasiga rozi - AQSh G‘aznachiligi

AQSh moliya vaziri Janet Yellen Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan qanday foydalanish bo‘yicha reja ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Variantlar orasida ularni Ukrainaga yordam berishga yuborish yoki musodara qilish va vaqtinchalik chora sifatida foydalanish bor. Yakuniy reja iyun oyida G7 sammitida taqdim etiladi.

«Qo‘shma Shtatlar immobilizasiya qilingan Rossiya suveren aktivlarining iqtisodiy qiymatini ochish va Rossiya etkazilgan zararni to‘lashini ta’minlash uchun xalqaro hamkorlarimiz bilan ishlashda davom etmoqda», dedi vazir brifingda. Yellenning aniqlik kiritishicha, u ertaga G7 mamlakatlari, jumladan Yaponiya moliya vazirlari bilan uchrashuvda bu masalani muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Qo‘shma Shtatlar Rossiya aktivlaridan foydalanish bilan bog‘liq xavf-xatarlardan, jumladan, Moskvaning javob harakatlari ehtimolidan xabardor. Vashington bunday xavflarni minimallashtiradigan harakatlar strategiyasini ishlab chiqmoqda, dedi Yellen.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!