Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi so‘nggi daqiqalarda Kosta-Rikadan ikkita gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi so‘nggi daqiqalarda Kosta-Rikadan ikkita gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi

Janubiy Koreyada tashkil etilgan yig‘in doirasida O‘zbekiston Kosta-Rika terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvdagi birinchi gol Eldor Shomurodov tomonidan 26-daqiqada kiritildi. Raqiblarimiz o‘z gollarini asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqlarda kiritdi. 92' va 94' daqilarda raqiblar o‘z imkoniyatlaridan foydalanib ketdi.

Gollar: Eldor Shomurodov 26, - 1:0 (Odiljon Hamrobekov). Entoni Ernandes 90+2, - 1:1. Kendall Uoston 90+4, - 1:2.

O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov, 13.Sherzod Nasrullayev (4.Farrux Sayfiyev, 72), 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 17.Sardor Sobirxo‘jayev (20.Akmal Mozgovoy, 72), 19.Aziz Turg‘unboyev (6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 57), 8.Hojimat Erkinov (22.Oybek Bozorov, 57), 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeev, 72).

Kosta-Rika: 18.Aaron Krus (23.Patrik Sekeyra, 46), 3.Xuan Pablo Vargas, 4.Keysher Fuller, 8.Brayan Ovyedo (22.Karlos Martines, 66), 11.Joxan Venegas (7.Entoni Kontreras, 66), 14.Orlando Galo, 16.Aron Suares (25.Entoni Ernandes, 74), 19.Kendall Uoston (sardor), 20.Brandon Agilera (10.Brayan Ruiz, 46), 21.Karlos Mora (26.Alvaro Zamora, 46), 24.Duglas Lopes.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!