Futbol bo‘yicha jahon chempionati ortidan minglab soxta veb-saytlar ishga tushgan
"Group-IB" kompaniyasi tahlilchilari ma’lumotiga ko‘ra, Qatardagi jahon chempionati o‘yinlari ortidan internet tarmoqlarida 16.000 dan ortiq soxta veb-sahifalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Soxta veb-sahifalarda asosan futbol muxlislariga Qatardagi jahon chempionati o‘yinlariga chiptalar, "FIFA 2022" rasmiy ramzlari tushirilgan kiyim-kechak va esdalik sovg‘alari reklama qilingan.
Shuningdek, muxlislarga jahon chempionati o‘yinlarini onlayn translyasiya qilib berish taklifidagi soxta veb-sahifalar orqali foydalanuvchilarning bank kartalari ma’lumotlari va kripto-aktivlari qo‘lga kiritilgan.
'Group-IB" kompaniyasi bu ma’lumotlarni Interpol va Qatardagi (Q-CERT) kiberjinoyatlarga qarshi kurashuvchi tezkor guruhiga taqdim etgan.