Futbol. Bugun Osiyo kubogi boshlanadi

Futbol. Bugun Osiyo kubogi boshlanadi

Bugun Qatar yashil maydonlarida futbol bo‘yicha qit’amizning eng yirik musobaqasi — Osiyo kubogiga start beriladi. O‘yinlar 5 ta shaharda joylashgan 9ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Ochilish o‘yini esa Qatar va Livan o‘rtasida "Lusayl" stadionida (89 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga oladi) bo‘lib o‘tadi.

Umuman olganda, turnirda 24 jamoa chempionlik uchun kurashadi. Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan "B" guruhidan o‘rin olgan. Jamoamiz o‘z tarixida 8-marta ushbu musobaqada qatnashadi.

Srechko Katanes jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari quyidagi sanada bo‘lib o‘tadi.

13 yanvar, shanba. 22:30 (Toshkent vaqti bilan). "Jassim bin Hamad" stadioni.
O‘ZBEKISTON - SURIYa

18 yanvar, payshanba. 19:30. "Ahmad bin Ali" stadioni.
O‘ZBEKISTON - HINDISTON

23 yanvar, seshanba. 16:30. "Al-Janub" stadioni.
O‘ZBEKISTON - AVSTRALIYa


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!