Fransiyada sportchilar uchun virusga qarshi niqob ishlab chiqarildi

Fransiyada sportchilar uchun virusga qarshi niqob ishlab chiqarildi

Fransiya Sport vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sportchilar uchun virusga qarshi maxsus niqob ishlab chiqildi.

Bu haqda “France Info” radiostansiyasi xabar bermoqda.

Manba xabariga ko‘ra, sport paytida noqulayliklar tug‘dirmaslik uchun niqob shakli o‘zgartirilgan.

"Biz odamlarga xavfsiz muhitda - ham yopiq, ham ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish imkoniyatini beradigan ushbu niqobga katta umid bog‘laymiz", dedi Fransiya yoshlar va sport vaziri Roksana Marasinyanu “LCI” telekanaliga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!