Fransiyada homilador ayol tezyurar poyezdda ko‘zi yoridi

Fransiyada homilador ayol tezyurar poyezdda ko‘zi yoridi

Deutsche Bahn kompaniyasiga tegishli tezyurar poyezdda Parijdan Strasburgga borayotgan homilador ayolni to‘satdan to‘lg‘oq tutdi.

Ayol yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadigan xodimni ogohlantirgach, poyezd Fransiya sharqidagi Luvini shahri vokzalida to‘xtashga majbur bo‘ladi. Bu yerda tibbiyot xodimlari poyezdga chiqqani, bola ularning yordamida tug‘ilgani aytilmoqda.

Bu vaqtda poyezd 80 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida to‘xtab turgan. Ayol o‘g‘il farzand ko‘rgan. Shundan so‘ng ona va uning o‘g‘li eng yaqin shifoxonaga olib ketilgan.

Mahalliy OAVga ko‘ra, chaqaloqqa Feliks deb ism qo‘yilgan, u muddatidan biroz oldinroq dunyoga kelgan. Xabarlarga ko‘ra, ayni paytda ona ham, bola ham o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Fransuz jamoat transporti xizmatlarida shakllangan an’anaga ko‘ra, yo‘lda tug‘ilgan bolalarga sovg‘a beriladi. 2018 yili Parijdagi ekspress-metroda tug‘ilgan bolaga to voyaga yetgunicha yo‘nalishda bepul harakatlanish huquqini beruvchi chipta taqdim etilgan.

The Republicain Lorrain nashri jamoatchilik nemis operatori – Deutsche Bahn ham shunday chipta berishi yoki bermasligi bilan qiziqayotgani haqida yozgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!