Fransiya prezidenti Makron Vladimir Putinning paradoksi haqida gapirdi

Fransiya prezidenti Makron Vladimir Putinning paradoksi haqida gapirdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning paradoksi haqida gapirdi.

Bu haqda The Telegraph yozmoqda.

“Uni uchratganingizda, u yoqimsiz odamga o‘xshamaydi. Ko‘ryapsizmi, bu paradoks”, dedi Makron.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, maqolada Makron fevral oyidayoq Putin bilan muloqotni davom ettirishga chaqirganiga ishora qiladi.

Qo‘shimcha qilish joiz, Makron dekabr oyida Fransiya Ukrainani “g‘alabaga qadar” qo‘llab-quvvatlashini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!