Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi

Fransiya rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan 22 noyabr kuni uchrashadi. Uchrashuvda tomonlar iqtisodiyot va energetika sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Yelisey saroyi.

"O‘zbekiston rahbarining ushbu tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarni chuqur mustahkamlashga bag‘ishlanadi", — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, tashrif chog‘ida iqtisodiy sohada hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalar imzolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!