Fransiya IIV vaziri: “Islom Fransiyada erkin yashaydi”

Fransiya IIV vaziri: “Islom Fransiyada erkin yashaydi”

Avval xabar berganimizdek, kuni kecha Parijda Xalqaro musulmonlar forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur tadbir Fransiya musulmonlar kengashi tomonidan tashkil etilgan birinchi tadbir bo‘lib, unda xorijiy davlatlar qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

IQNAning ma’lum qilishicha, forumda Fransiya Ichki ishlari vaziri Xristofer Kastaner ham qatnashgan. Xabarda aytilishicha, tadbirda nutq so‘zlagan Fransiya Ichki ishlar vaziri mamlakatdagi musulmon jamoasiga bo‘lgan munosabat haqida gapirib, jumladan shunday degan: “Musulmonlarni haqorat qilish bu respublikani haqorat qilishdir. Islom Fransiyaning bir qismi hisoblanadi, islom Fransiyada erkin yashaydi”. Vazir musulmonlarga qarshi olib boriladigan har qanday nohaqlik javobsiz qolmasligini ta’kidlab, ekstremistik g‘oyalarga qarshi kurashish zarurligini hamda jamoatchilik xabardorligini oshirish muhimligini ta’kidlab o‘tgan.

Shu bilan birga vazir “Fransiya musulmonlarni xorijiy aralashuvlardan uzoq turishini istaydi. Shu tariqa mamlakat manfaatlarini himoya qilishga erishiladi. Meni noto‘g‘ri tushunishlarini xohlamayman. Millionlab kishining boshqa davlatlar bilan birdamlikda  bo‘lishi bilan shuncha insonlarni xorijiy davlatlarning siyosiy ta’siri ostida bo‘lishi orasida katta farq bor, bular bir-biridan farq qiladigan narsalardir” deya o‘z fikrlarini bayon etgan.

Tadbirda Fransiya musulmonlar kengashining davlat va musulmonlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlashda muhim ishlarni amalga oshirayotgani alohida ta’kidlangan.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!