Foto: jahon chempionatining ramziy terma jamoasi

Foto: jahon chempionatining ramziy terma jamoasi

Kecha bir oy davom etgan jahon chempionati ham yakuniga yetdi. Rossiya mezbonlik qilgan bu galgi mundial har doimgidan-da syurprizlarga boy bo‘ldi. Xorvatiyaning finalga qadar yetib kelishi, Rossiyaning Ispaniyani dog‘da qoldirib, chorak finalga yo‘llanma olishi, umuman, hamma-hammasi dramatik ruhda kechdi.

“Bleacher Report Football” nashri bu galgi jahon chempionatining ramziy terma jamoasini tuzdi. Qizig‘i, bu terma jamoadan na Messi va na Ronalduga joy topildi. Demak, ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Tibo Kurtua (Belgiya), Kiran Trippyer (Angliya), Andreas Grankvist (Shvesiya), Diyego Godin (Urugvay), Lyuka Ernandes (Fransiya), N'Golo Kante (Fransiya), Pol Pogba (Fransiya), Luka Modrich (Xorvatiya),Kilian Mbappe (Fransiya), Eden Azar (Belgiya), Romelu Lukaku (Belgiya).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!