Finlyandiyaning NATOga a’zoligi haqidagi protokol Turkiya parlamentiga taqdim etildi

Finlyandiyaning NATOga a’zoligi haqidagi protokol Turkiya parlamentiga taqdim etildi

Finlyandiyaning NATOga kirishi haqidagi protokol Turkiya parlamentiga taqdim etildi. Bu haqda TRT Haber telekanali xabar berdi.

“Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi protokol Turkiya Buyuk Millat Majlisiga taqdim etildi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Erdo‘g‘on Finlyandiyaning mamlakat parlamenti tashabbusi bilan NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ratifikasiya qilish jarayonini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!