Finlyandiya qilichbozlik bo‘yicha xalqaro turnirni o‘tkazishdan bosh tortdi

Finlyandiya qilichbozlik bo‘yicha xalqaro turnirni o‘tkazishdan bosh tortdi

Finlyandiya rossiyaliklar qabul qilingani sababli qilichbozlik bo‘yicha xalqaro turnirni o‘tkazishdan bosh tortdi.

Xalqaro qilichbozlik federasiyasi (FIE) kongressda ko‘pchilik ovoz bilan Rossiya va Belarus sportchilarini xalqaro musobaqalarga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Finlyandiya norozilik sifatida Turkuda 1978 yildan beri har yili o‘tkazib kelinayotgan Kupittaa turnirini bekor qildi. Bu V toifali turnir bo‘lib, u 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga saralash bahsi emas va jahon chempionati bosqichi maqomiga ega emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!