Filippinda jangchi xo‘roz leytenantni o‘ldirdi!

Filippinda jangchi xo‘roz leytenantni o‘ldirdi!

Filippinning Shimoliy Samar provinsiyasida leytenant jangchi xo‘roz hujumi natijasida vafot etdi. Bu haqda Filippinning PNA axborot agentligi xabar berdi.

26 oktyabr, dushanba kuni San-Xose munisipalitet polisiyasi xodimi Kristian Bolok noqonuniy xo‘roz urishtirilayotgan binoni tekshirishga bordi. Shu payt oyog‘iga pichoqchasi bog‘langan xo‘roz leytenantning chap oyog‘iga zarba berib, uning arteriya tomiriga zarar yetkazdi. Leytenant kasalxonaga olib borildi, ammo ko‘p qon yo‘qotganligi sababli vafot etdi.

Reyd davomida polisiya xo‘roz urishtirish bilan shug‘ullangan uch kishini hibsga oldi va yetti jangovar xo‘rozni tortib oldi. Shuningdek, patrul xizmati xodimlari qochib ketgan yana uch gumonlanuvchini aniqladilar.

Xo‘roz urishtirish — bu Filippin aholisi orasida juda mashhur bo‘lgan qimor o‘yini. Ishtirokchilar o‘tkir metall pichoqchalar bilan qurollangan ikkita maxsus o‘rgatilgan xo‘rozlar jangi natijalariga garovlar tikadilar. Pandemiya paytida hukumat xo‘roz janglarini tashkil qilishni taqiqlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!