Giyohvandlik – narkotik moddalarga o‘rganib qolish, aniqrog‘i, tabiiy yoki zaharli sintetik moddalarni (ayrim dori moddalari) vaqtincha yoki surunkasiga iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik tanada va ruhiyatda jiddiy o‘zgarish yuz berishiga sabab bo‘ladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Bu esa o‘z navbatida, nafaqat giyohvandga, balki butun jamiyatga ko‘plab zarar yetkazadi.
Toshloq tumanidagi “Nurli-Shoxrux-Shaxboz diyori” nomli fermer xo‘jaligida ishlab kelayotgan D.X. ning narkotik moddalarga o‘rganib qolishi, uni giyohvand moddalarni qidirib topib, o‘z nafsini qondirishga undaydi.
D.X 2019 yil dekabr oyi o‘rtalarida Toshloq va Quva tumanlari hududlari kesishgan joydagi dala yerlari chetida, qarovsiz va yovvoyi holda o‘sib yotgan yovvoyi kannabis (nasha) o‘simliklari orasidan bir to‘pini kelgusida o‘zi iste’mol qilishi uchun barg va boshoqlarini yig‘ishtirib, yashab kelayotgan uyiga tashib, olib kelib uyining hovli tomonidagi bostirmasi tagiga joylab qo‘ygan somon presslar ustiga quritish uchun qo‘yib, o‘sha yerda qonunga xilof ravishda saqlab kelgan.
2020 yil 29 yanvar kungi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning olib borgan tezkor tadbiri davomida D.X. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, unga agarda yashash xonadonida qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan giyohvandlik vositalari bo‘lsa, ularni ixtiyoriy ravishda topshirgan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi normalar qo‘llanilishi mumkinligi tushuntirilganda D.X. IIB xodimlariga o‘zi iste’mol qilishi uchun dalalardan yig‘ishtirib olib kelib, somon presslar ustiga quritish uchun qo‘yib, saqlab kelayotgan kannabisga o‘xshash o‘simlik barg va boshoqlarini taqdim etgan. Taqdim etilgan o‘simlik barg va boshoqlari IIB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
O‘tkazilgan sud-kimyoviy ekspertizaning 30.01.2020 yildagi 38-sonli xulosasida, fuqaro D.X. tomonidan qonunga xilof ravishda saqlab kelingan va undan tekshirib ko‘rishlik uchun olingan o‘simlik barg va boshoqlari, yashil sarg‘ish rangli, o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjud bo‘lgan “Marixuana” deb ataluvchi giyohvand vositalar turkimiga kirishi, uning quritilgan holdagi sof og‘irligi 65 (oltmish besh) grammni tashkil etishi tasdiqlagan.
Sudga oid narkologiya ekspertizaning 07.02.2020 yildagi 19-sonli xulosasida, fuqaro D.X. da “giyohvandlik nasha, surunkali alkogolizm 2-bosqichi asorati” aniqlanganligini, u O‘zbekiston Respublikasi JKning 96-moddasiga ko‘ra, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga muhtoj ekanligi tasdiqlagan.
D.X. ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida, sudya A.Xabibullayevning raisligida ko‘rib chiqilib, barcha holatlar chuqur o‘rganilib, ishning holatiga qonuniy baho berildi.
Sud D.X. ga nisbatan jazo tayinlashda, u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini e’tiborga olish bilan birga uning pushaymonligini, oilaviy sharoitini, muqaddam sudlanmaganligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida, dastlabki tergov davrida qilmishiga iqror va pushaymon bo‘lib, jinoyat sodir qilganidan so‘ng to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berib, giyohvandlik vositalarini o‘z ixtiyori bilan taqdim qilganligini jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar sifatida e’tiborga olib, uning axloqan tuzalishi uchun yetarli bo‘lgan modda sanksiyasida nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jarima jazosini tayinladi hamda D.X. ga nisbatan narkologik ekspertiza xulosasiga asosan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘lladi.
A.A.Xabibullayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining raisi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.