Fermerlar faoliyatiga davlat organlari va mansabdor shaxslarning aralashishi taqiqlanadi

Fermerlar faoliyatiga davlat organlari va mansabdor shaxslarning aralashishi taqiqlanadi

🔰 Fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

☑️ Davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fermer xo‘jaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.

📁 Fermer xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish huquqiga ega.

📝 Fermer xo‘jaligining hisob-kitob varag‘idan mablag‘larni faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan yoki sudning qaroriga binoan hisobdan chiqarish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!