"Farzandlarimning taqdirini o‘ylamay, ularni tirik yetim qilib qo‘ygan ekanman"

"Farzandlarimning taqdirini o‘ylamay, ularni tirik yetim qilib qo‘ygan ekanman"

Har bir davrda oilaning asosiy vazifasi, farzandlarning dunyoga kelishi va ularning tarbiyasi, o‘zligini anglab yetishi va shakllanishi bo‘lib hisoblangan.

Biroq ayrim oilalardagi kelishmovchiliklar sabab, nikohni bekor qilib, farzandlarining moddiy ta’minoti uchun ota yoki onadan aliment undirish choralarini ko‘radi.

Ayni vaqtda Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati va uning hududiy bo‘limlarida aliment undirish bilan bog‘liq 16.000 dan ortiq ijro hujjatlari mavjud.

Majburiy ijro byurosi xodimlari nafaqat aliment qarzdorliklarni undirish bilan, shuningdek, ajrashgan oilarni yarashtirishga ko‘maklashishmoqda.

Joriy yilning shu davriga qadar aliment bilan bog‘liq 1863 ta ijro hujjati tamomlandi shundan 260 dan ortiq oilalar o‘zaro yarashganliklari sababli ijro harakatlari to‘xtatildi.

15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan Termiz shahridagi Oila markazi binosida Byuroning viloyat boshqarmasi, Termiz shahar bo‘limi xodimlari hamda Oila markazi rahbarlari ishtirokida 4 ta oila yarashtirilishiga erishildi. Oila muqaddasligini tushunib yetgan bu esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir qatnashchilaridan biri shunday deydi: Men oila muqaddas dargoh ekanligini tushunib yetdim. 3 ta farzandlarimni taqdirini o‘ylamay, ularni tirik yetim qilib qo‘ygan ekanman. Farzand uchun ota-onaning mehri naqadar qadrli ekanini kech bo‘lsada angladim. Endilikda bor mehrimni shu aziz farzandlarim va oilam uchun sarflayman. Albatda oilam mustahkam bo‘lishligi uchun ko‘maklashgan mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman .

Bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!