O‘zbekiston Prezidentining «Jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi xizmatlari sohasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Qaror bilan SSV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Farg‘ona viloyat hokimligining:
Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona jamoat salomatligi va profilaktik tibbiyot institutini tashkil etish;
Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi negizida Farg‘ona jamoat salomatligi va profilaktik tibbiyot instituti klinikasini tashkil etish;
Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli kattalar va bolalar tibbiyot markazlari, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari, OITSga qarshi viloyat markazi, oilaviy poliklinikalar tarkibidagi salomatlik markazlari Institutning amaliyot bazalari etib belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Institut faoliyatining asosiy vazifalaridan biri jamoat salomatligi va profilaktik tibbiyot, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohalari uchun yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash hisoblanadi.
Unga qabul har yili belgilanadigan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Institut klinikasi muassisi institut hisoblanadi hamda uning faoliyati institut tomonidan muvofiqlashtiriladi. Institut klinikasi faoliyati:
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tashxis qo‘yish (diagnostika) va davolash standartlariga rioya qilgan holda imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash, shuningdek, aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga joylashtirish;
respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy xujjatlarda belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi.
Prezidentning ushbu qarori loyihasi 15 mayga qadar muhokamada bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda tibbiyot kollejlari Ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumlariga aylantirilishi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashkil etilishi xabar berilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.