Farg‘onada “Ipoteka bank” kassiri katta miqdordagi pulni talon-taroj qilgani aniqlandi

Farg‘onada “Ipoteka bank” kassiri katta miqdordagi pulni talon-taroj qilgani aniqlandi

Farg‘onada bank xodimi kvitansiyalarni bank dasturiga kirim qilmasdan soxtalashtirib shaxsiy ehtiyoj uchun ishlatib yuborgan.
Ipoteka bank Farg‘ona viloyati filialining 28-sonli jamg‘arma kassasi nazoratchi kassiri lavozimida ishlagan Farhod Sobirov fuqarolar tomonidan to‘langan mablag‘larni bankka topshirmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

U o‘zining ish faoliyati davomida Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi davlat ijrochilari ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha fuqarolar tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji va jarimalarni qabul qilar edi. Bankka kelayotgan pullarni ko‘rib, F.Sobirov o‘ziga yuklatilgan burch va mas’uliyatni unutdi. 71 ta holatda 30 million 311 ming 500 so‘mlik pul mablag‘larini fuqarolardan to‘lov uchun qabul qilib, pullarni olgani to‘g‘risidagi kvitansiyalarini ikki nusxada rasmiylashtiradi. Qabul qilingan pullarni o‘zining javobgarligiga olgani holda o‘z mansab vakolatidan qasddan foydalanib, bankka topshirmasdan, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib, davlat byudjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari, F.Sobirov o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, ATIB Ipoteka bank Farg‘ona viloyati filialiga qarashli 28-sonli jamg‘arma kassa shoxobchasi kassiri X.Boqijonova tomonidan o‘ziga biriktirilgan bank muhri bosilgan holda Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi davlat ijrochilari ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha 7 ta holatda qabul qilib olingan 4 million 831 ming so‘mlik pul mablag‘larini imi-jimida o‘zlashtirib yuborgan.

O‘zA ning xabar berishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tumani sudining ochiq sud majlisida F.Sobirovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga tegishli jazo tayinlandi.

Everyday.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!