Farg‘onada IIV xodimlari farzandli ayolni tepib, mashinaga o‘tqazdi. Ularga chora ko‘riladimi? (VIDEO)

Farg‘onada IIV xodimlari farzandli ayolni tepib, mashinaga o‘tqazdi. Ularga chora ko‘riladimi? (VIDEO)

Tarmoqlarda Farg‘ona shahrida ikki nafar ichki ishlar xodimi yosh bolali ayolni majburlab, post-patrul mashinasiga o‘tkazayotgani aks etgan video tarqaldi. Tasvirda ko‘rinishicha, ayolni ichki ishlar xodimi tepib, avtomobilga o‘tkazgan.

Holat yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov "Daryo"ga izoh berdi.

“Ayni paytda go‘daklar va voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari va qarindoshlari tomonidan yo‘llarda, bozorlar va boshqa joylarda tilanchilik qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Katta ehtimol bilan, videoda bolasi bilan yo‘lda tilanchilik qilayotgan ayol olib ketilmoqda. Albatta, bu qo‘pol munosabatni oqlamaymiz va bunga qonuniy chora ko‘riladi”, — dedi Shohrux G‘iyosov.

Qo‘shimcha qilinishicha, holat o‘rganilmoqda va mazkur masala yuzasidan ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!