Farg‘onada fuqaroning yashash xonadoni tomidan giyohvand modda topildi

Farg‘onada fuqaroning yashash xonadoni tomidan giyohvand modda topildi

"Qumariq" MFY hududida yashovchi E.SH.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida xonadonning tom qismidan qora sellofan paketga o‘ralgan o‘tkir hidli marixuana giyohvandlik moddasi yashirilgani aniqlandi.

Ushbu modda daliliy ashyo tariqasida olinib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!