Farg‘onada bir guruh talonchilar ushlandi

Farg‘onada bir guruh  talonchilar ushlandi

Farg‘ona. 2020 yilning 27 avgust kuni soat 03:40 da Quva tuman O‘zbekiston ko‘chasiga “Matiz” rusumli avtomashinada kelgan noma’lum shaxslar 18 yoshli X.T., ning jag‘ sohasiga qo‘lining mushti bilan bir marotaba urib,  X.T., ga tegishli jami narxi 2.000.000 so‘m bo‘lgan 2 qop bodom mahsulotlari va “Samsung Galaxy A20” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 24 yoshli I.M.,  F.G‘.,  D.M. 25 yoshli N.U., 26 yoshli M.K., 22 yoshli T.Q., lar sodir etganligi aniqlangan, “Matiz” rusumli avtomashinani I.M., boshqarganligi aniqlanib, X.T., ga tegishli “Samsung Galaxy A20” rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.  

Bundan tashqari, I.M. va  uning sheriklari Farg‘ona viloyatining boshqa tumanlarida shu kabi jinoyatlar sodir etganliklari aniqlangan va ularning barchasi ushlangan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.M., shu tumanda jinoyat sodir etib ushlanganligi sababli, ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!