FarDU endi xalqaro Round University Ranking reytingida

A A A
FarDU endi xalqaro Round University Ranking reytingida

O‘zbekiston oliygohlari ichida esa 7-o‘ringa munosib deb baholandi va Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan e’tirof etilgan ushbu reyting tashkiloti ro‘yxatida yetakchi oliy ta’lim muassasalari safidan joy oldi.

Mazkur reyting tizimi dunyoning 82 ta davlatida joylashgan 1 215 ta oliy ta’lim muassasalarining 4 ta yo‘nalishda (ta’lim, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik, moliyaviy barqarorlik) 20 ta indikator asosida reyting baholash tizimidir.

“Round University Ranking” – “RUR” uchun barcha ma’lumotlar Tomson Reyters xalqaro kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

Reyting tashkiloti reytinglari 2010 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Barcha dastlabki ma’lumotlar (talabalar soni, akademik xodimlar va boshqalar) Global Institutional Profiles Project (GIPP) deb nomlangan maxsus ma’lumotlar so‘rovi orqali taqdim etiladi. Ushbu so‘rov har yili bahorda o‘tkaziladi.

Natijadan ko‘rish mumkinki, bugun Farg‘ona davlat universiteti xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingi ro‘yxatiga kirish uchun jiddiy raqobatga kirishgan va dunyoning kuchli universitetlari qatoridan joy olish uchun o‘z strategiyasiga ega.

Shu bois, ilm-fanni, milliy ta’lim sifatini xalqaro darajada rivojlantirishga sidqidildan harakat qilayotgan FarDU jamoasi Yangi O‘zbekistonga xos va munosib tizim talablariga javob bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!